Savol-Javob. Future Skills Uzbekistan

Savol-Javob. Future Skills Uzbekistan


Sherzod Abdurakhmonov

1. Ushbu dasturda kim qatnashishi mumkin?

Ushbu oʻquv dasturida 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan shaxslar qatnashishi mumkin. Bizning maqsadli auditoriyamiz quyidagi shaxslar:

●       Maktab bitiruvchilari;

●       Universitet talabalari;

●       Universitetga kirmagan abituriyentlar;

●       Kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalardan ishsizlar;

●       «Temir daftar», «Yoshlar daftari», «Ayollar daftari» roʻyxatidagi shaxslar.


2. Ishtirokchilarga talablar bormi?

Ha, ishtirokchi quyidagi minimal talablarga javob berishi kerak:

●       ishsiz va ish qidirayotgan shaxs boʻlish;

●       kompyuter savodxonligi boʻyicha dastlabki bilimlarga ega boʻlish;

●       oʻrganish qobiliyatiga ega boʻlish.


3. Kurs qancha turadi va bepul oʻqish mumkinmi?

Oʻqish narxi oyiga 400 000 soʻmni tashkil qiladi.

Ishsizlar va ish qidirayotgan, “Temir Daftar”, “Yoshlar Daftari”, “Ayollar Daftari” roʻyxatiga kiritilgan shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan grant ajratilishi mumkin. Grant har oyda oʻqishning 50% qoplaydi. Qolgan 200 000 soʻmni talaba har oy oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydi.

30% eng yaxshi oʻquvchilar qatoridan joy olgan va dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan oʻquvchilarga toʻlangan mablagʻ qaytariladi.


4. Arizani toʻldirishda biron bir hujjatni ilova qilishim kerakmi?

Ha, agar siz 50% grant olishni istasangiz. Buning uchun quyidagi hujjatlardan birini skaner qilib onlayn arizaga biriktirishingiz kerak:

●       ishsizlik haqidagi tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan berilgan hujjat;

●       «Temir daftar», «Yoshlar daftari», «Ayollar daftari» roʻyxatiga kiritilganlikni tasdiqlovchi hujjat.


5. Ushbu loyihada ishtirok etish uchun qayerda roʻyxatdan oʻtishim kerak?

Roʻyxatdan oʻtish bizning https://futureskills.uz/ veb-saytimizda, shuningdek https://metsenat.uz/ orqali amalga oshirilishi mumkin.


6. Arizalarni qabul qilish qachon boshlanadi va qachon tugaydi?

Arizalarni qabul qilish 18 yanvardan boshlanadi va 15 fevralgacha davom etadi.


7. Ushbu oʻquv dasturiga kim qabul boʻlishini kim hal qiladi va nima asosida?

Ariza topshirish muddati tugagandan soʻng, maxsus komissiya arizachilar oʻrtasida imtihon oʻtkazadi. Bundan soʻng, ushbu komissiya imtihon natijalari hamda toʻldirilgan arizalarni va ularga biriktirilgan hujjatlarni koʻrib chiqib oʻquv kurslariga kimni qabul qilishni hal qiladi.


8. Qaysi fanlardan imtihonlar boʻlib oʻtadi?

Mantiqiy test, kompyuter savodxonligi boʻyicha minimal bilimlarni sinash va ingliz tili darajasini aniqlash uchun testlar boʻlib oʻtadi.


9. Ushbu loyihada ishtirok etish uchun nega imtihon topshirish kerak?

Imtihon kelajakda dastur ishtirokchilarini bilim darajalariga qarab kurslarga ajratish uchun kerak. Masalan, ingliz tilini bilmaydiganlar bir guruhda, bilganlar esa boshqa guruhda oʻqiydi.


10. Nima uchun mantiqiy test va ingliz tili boʻyicha imtihon topshirish kerak?

Ingliz tilini bilish va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish kurs davomida bilim va koʻnikmalarni yaxshiroq oʻzlashtirish uchun zarurdir. Shuning uchun ushbu bilimlar darajasi oldindan imtihon orqali aniqlanadi.


11. Ushbu dasturga qabul qilinmaslik ehtimoli bormi?

Ha, bunday ehtimol bor. Agar arizalar soni respublika boʻyicha 1400 kishilik kvotadan oshsa, maxsus komissiya imtihon natijalari asosida ishtirokchilarni tanlaydi.


12. Ushbu dasturga qabul qilinganimni qachon va qanday bilsam boʻladi?

Natijalar https://futureskills.uz/ veb-saytiga joylashtiriladi.


13. Kursga qabul qilinganligim toʻgʻrisida xabar olganimdan keyin qaysi hijjatlarni, kimga va qachon taqdim etishim kerak?

Kursga qabul qilinganingizdan soʻng, siz oʻquv markaziga pasportning asl nusxasini va agar siz 50% grant olish uchun qoʻshimcha hujjatlarni ilova qilgan boʻlsangiz, unda ushbu hujjatlarning asl nusxalarini ham olib kelishingiz kerak. Qabul komissiyasi ushbu hujjatlar nusxasini olib asl nusxasini qaytarib beradi. Oʻquv markazining manzili, hujjatlarni qabul qilish muddati va kurslarning boshlanish sanasi www.futureskills.uz veb-saytida eʼlon qilinadi.


14. Kurs qancha davom etadi?

Oʻquv kurslari 9 oy davomida haftada uch marta 3 soat davomida boʻlib oʻtadi.


15. Loyiha doirasida qaysi IT-yoʻnalishlar boʻyicha kurslar tashkil etiladi?

Ishtirokchi quyidagi yoʻnalishlardan birini tanlashi mumkin:

●       veb-dasturlash;

●       mobil ilovalarni ishlab chiqish;

●       3D modellashtirish;

●       IT-xavfsizlik;

●       maʼlumotlar bilan ishlash;

●       mobil oʻyinlarni ishlab chiqish;

●       mobil robototexnika;

●       grafik dizayni;


Bundan tashqari, o'quvchilarga ular tanlagan yo'nalishlaridan qat'iy nazar ingliz tili va IT menejment kurslaridan ta'lim beriladi.


Loyiha doirasida kurslar, ishtirokchilarning yashash manziliga qarab turli xil bo'lishi ko'zda tutilgan. Shu sababli, kurslarning viloyatilarga qarab taqsimlanishini quyidagi jadval orqali ko'rishingiz mumkin.


16. Kursda nimani oʻrganamiz?

Kursda tanlangan yoʻnalish boʻyicha darslar, ingliz tili, mantiqiy rivojlanish va mahorat darslari boʻlib oʻtadi. Mahorat darslarida biznes etika, hujjatlar bilan ishlash boʻyicha bilimlar beriladi.


17. Bir nechta oʻqish yoʻnalishini tanlashim mumkinmi?

Yoʻq, ishtirokchilar faqat bitta yoʻnalishni tanlashi mumkin.


18. Oʻquv kurslari boshlanganidan soʻng oʻqish yoʻnalishini oʻzgartirsam boʻladimi?

Yoʻq, oʻquv kurslari boshlangandan keyin yoʻnalishni oʻzgartira olmaysiz.


19. Oʻquv kurslari qaerda boʻlib oʻtadi?

Oʻquv kurslari 12 ta viloyat, shuningdek, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkaziladi. Oʻquv markazlarining manzili https://futureskills.uz/ veb-saytida eʼlon qilinadi.


20. Oʻquv kurslari qaysi tilda boʻlib oʻtadi?

Oʻquv kurslari oʻzbek tilda boʻlib oʻtadi.


21. Oʻquv kurslarini kim oʻqitadi?

IT-loyihalarni amalga oshirishda amaliy tajribaga ega boʻlgan trenerlar darslarni olib boradi.


22. Barcha darslarda qatnashish shartmi?

Ha, barcha ishtirokchilar dasturdagi barcha darslarda qatnashishlari shart.


23. Darslarga oʻzim bilan nimani olib borishim kerak?

Oʻzingiz bilan hech narsa olib kelishingiz shart emas. Daftar, qalam, kompyuter va internet dastur tashkilotchilari tomonidan taʼminlanadi.


24. Taʼlim jarayonida bilimlar baholanadimi?

Ha, yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv dasturiga qarab, bilimlarni baholash uchun oraliq testlar oʻtkaziladi.


25. Kurs tugaganidan soʻng yakuniy imtihonlar boʻladimi?

Ha, oʻquv kurslari yakunlanganidan soʻng, ishtirokchilar yakuniy ishni bajarishi kerak boʻladi. Yakuniy ishlar maxsus komissiya tomonidan baholanadi. Eng yaxshilarning 30 foiziga toʻlangan oʻqish toʻlovi qaytariladi.


26. Ishtirokchilarga ushbu oʻquv kursini yakunlanganliklari toʻgʻrisida sertifikat beriladimi?

Ha, barcha ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.


27. Kurs tugaganidan keyin ish topishda yordam boʻladimi?

Ha, kursni bitirgan har bir ishtirokchiga ish topishda yordam beriladi. Bundan tashqari, trening davomida barcha talabalar uchun IT-kompaniyalarida amaliyot tashkil etiladi.


28. Kursning ikkinchi toʻlqini rejalashtirilganmi va qachon?

Ikkinchi toʻlqin rejalashtirilgan, ammo boshlanish sanasi va shartlari hali nomaʼlum.


29. Dasturning ikkinchi toʻlqinda qayta ishtirok etish mumkinmi?

Ikkinchi toʻlqinda ishtirok etish uchun shartlar birinchi toʻlqin tugaganidan keyin eʼlon qilinadi.