#Savol-Javob

#Savol-Javob

XorazmKadastr

Savol❓

Assalomu Aleykum . 4 sotix yerim bor kadastr hujjati tayyorlatish uchun qancha miqdorda to'lov qilishim kerak shu haqida ma'lumot bersangiz , javob uchun oldindan Rahmat .


Javob✅

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-sonli qaroriga ko'ra:

Ko'chmas mulk obyektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish "Yakka tartibdagi turar-joy" 1 kvadrat metri maydoni uchun bazaviy hisoblashning 1,15 foizi. 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2019- yildagi 1060-sonli ko'chmas mulk va ular haqidagi bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risidagi qarorga asosan ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkaziladi va quyidagicha to'lovlar amalga ishiriladi: 

 Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 m² gacha turar-joy ko'chmas mulk obyektlari va davlat reyestrdan ko'chirmalar bazaviy hisoblash miqdorining 1.25 baravari miqdorda amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 101 m² dan 300 m² gacha bo'lgan turar-joy ko'chmas mulk obyektlari davlat reyestrdan ko'chirmalar bazaviy hisoblashning 2 baravari miqdorida amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 m² dan ortiq bo'lgan turar-joy ko'chmas mulk obyektlari va davlat reyestrdan ko'chirmalar bazaviy hisoblashning 3 baravari miqdorida amalga oshiriladi.

I va II guruh nogironlari va ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatlari 50% tashkil qiladi.

Birlamchi kadastr hujjati mavjud bo'lganda va o'zgarish bo'lmaganda bepul kadastr pasport shakllantiriladi.

Yer uchastkasini ajratish bo'yicha ish mavjud bo'lganda yakka tartibdagi turar-joy, qurish uchun ajratilgan yer uchastkasiga kadastr pasporti shakllantirish bepul amalga oshiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom qiling :

https://t.me/xorazm_kadastr_press
https://www.instagram.com/xorazm_yermulkkadastr
https://www.facebook.com/yermulkadastr
https://youtube.com/channel/UCGSCs1nGlcUm7b50Zr-nklg




Report Page