Savol_Javob

Savol_Javob

XORAZM_KADASTR

#Savol_javob

8 января 2022 от Kanal obunachisidan kelgan savol.

Savol❓

Assalomu Aleykum , Uyimizni oldida 4 ,5 sotix chiqadigan yer bor narsa ekib foydalanar edik. Suv xo'jaligiga tegishli yer bo'lgan.Bir necha yil oldin dakument qilishga ruxsat berilgandi keyin to'xtatildi,shu qaror yana qayta kuchga kirishadi deyishgandi , shu yerlarni xususiylashtirsh mumkinmi . Javob uchun oldindan Rahmat. 


Javob ✅

Agar quyidagi talab va qonunlarga javob bersa amalga oshirilishi mumkin.

Kanal muhofaza zonasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 981-sonli qaroriga asosan belgilangan.

Mazkur qarorning 35-bandiga binoan Sohil boʻyi mintaqasi hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, boshqa suv xoʻjaligi obyektlari uchun ajratiladigan yer uchastkalari kengligi ularning namunaviy qirqimlari, shuningdek, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ishlari loyihalariga koʻra hamda ularning haqiqiy holatini joyida oʻrgangan holda yer ajratishning amaldagi qoidalariga muvofiq belgilanadi.

Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari sohil boʻyi mintaqasi kengligining eng kam oʻlchami:

umumiy chuqurligi 0,75 — 2 m boʻlgan ikki va undan ortiq fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlarga xizmat koʻrsatadigan sugʻorish tarmoqlari normal suv sathi chiziqlari boʻylab kamida 5 metr;

umumiy chuqurligi 2 — 5 metr boʻlgan kanallar va kollektor-drenaj tarmoqlari normal suv sathi chiziqlari boʻylab kamida 6,5 — 9 metr;

umumiy chuqurligi 5 — 10 metr va undan ortiq boʻlgan kanallar va kollektorlar normal suv sathi chiziqlari boʻylab kamida 9,5 — 12 metr belgilanadi.

Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari sohil boʻyi mintaqalari kengligining eng kam oʻlchamlari ularning boʻyida mavjud boʻlgan va yangidan joylashtiriladigan tuproq uyumlari, shuningdek, tashkil qilinadigan ihotazorlar va boshqa xususiyatlarni eʼtiborga olib sohil boʻyi mintaqalarini belgilash boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda koʻpaytirilishi va aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda sohil boʻyi mintaqalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Temir-beton lotokli sugʻorish tarmoqlaridan foydalanish, suvni boshqarish va hisobini yuritish hamda ularni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish uchun bir tarafi boʻylab 4,5 metr, ikkinchi taraf boʻylab esa 1 metr kenglikda sohil boʻyi mintaqasi ajratiladi.

Mazkur qarorning 86-bandiga asosan Suvni muhofaza qilish zonalarida yerdan foydalanish, xoʻjalik faoliyatini yuritish va boshqa hatti-harakatlar boʻyicha mazkur nizomda nazarda tutilgan rejimlarga rioya etish majburiyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yer ijarachilariga yuklatiladi.

Belgilangan rejimga rioya etishning davlat nazorati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda davlat sanitariya nazorati organlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasining "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida" gi qonuni (15.11.2021 728-sonli) 10-moddasiga muvofiq belgilangan.

Xususiylashtirish obyektlari

 Xususiylashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:

yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari; 

xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

bo‘sh turgan yer uchastkalari. 


 12-modda. Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari

Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari);

Yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqi belgilanishi mumkin.

   

Yer uchastkasining joylashgan hududi sohil boʻyi mintaqasi hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari muxofaza hududidan tashqari hududda bo'lsa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom qiling :

https://t.me/xorazm_kadastr_press

https://www.instagram.com/xorazm_yermulkkadastr

https://www.facebook.com/yermulkadastr

https://youtube.com/channel/UCGSCs1nGlcUm7b50Zr-nklg


Report Page