Savdo natijalari har oy 20 foizga o‘smoqda

Savdo natijalari har oy 20 foizga o‘smoqda

Uzum

— Savdo natijalari har oy 20 foizga o‘smoqda, — Abbos Xalmuratov, Topar.uz do‘koni asoschilaridan biri.

 

Topar.uz do‘konida siz turli xil adabiyot, manga va komikslar, darsliklar va kanselyariya tovarlarini sotib olishingiz mumkin. Biz Uzum Market’da birinchi sotuvchilardan biri edik va do'konni 2022-yil avgust oyida, milliy marketpleys rasman ishga tushirilishidan oldin ro'yxatdan o'tkazganmiz. Biz xaridorlarimizning xohish-istaklarini inobatga olgan holda assortimentni doimiy ravishda kengaytiramiz va so'nggi uch oy ichida savdo oyiga o'rtacha 20% ga oshganini kuzatmoqdamiz. Hozir bizning do'konimizdagi eng mashhur tovarlar bu Mark Uollinning "Bu sendan boshlanmagan" va Kuper Ellining "Fazber dahshatlari" kitoblaridir. Endi biz auditoriyani kengaytirish va savdoimizning o'sish tempini shu darajada saqlab turish uchun marketpleys aksiyalarida faolroq ishtirok etishni rejalashtirmoqdamiz.


Hozir Uzum Market’da o'z biznesini endigina boshlayotgan tadbirkorlar uchun Kapitalbank va Uzum Business’dan maxsus sharoitlar amal qilmoqda. Kapitalbankda biznes uchun hisob oching, do'koningizni ro'yxatdan o'tkazing va bepul xizmat ko'rsatish va marketpleys komissiyasilarining kompensatsiyasini oling. Batafsil: https://business.uzum.uz/uz/monthfree

Report Page