Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv.

Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv.

MoliyaPress

Moliya vazirligida joriy yilning 7 fevral kuni ACWA Power (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi Boshqaruv raisi Muhammad Abunayan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: ACWA Power bu, investor, elektr energiyasi va toza ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi 56 ta korxonalar portfelining egasi va operatoridir. Kompaniya 12 mamlakatda, shu jumladan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Janubiy Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda faoliyat yuritadi. Kompaniyaning investitsiya portfeli 47 milliard AQSh dollaridan oshadi va umumiy 31 GVt elektr energiyasi va 5,3 million kubometrga ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Uchrashuv davomida janob Abunayan O'zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o'rtasidagi savdo va iqtisodiy, sarmoyaviy aloqalar izchil rivojlanib borayotganini, shuningdek Saudiya Arabistoni kompaniyalarining O'zbekistonga bo'lgan qiziqishlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan siyosiy aloqalar mustahkamlanib borayotganini ta'kidladi. Xususan, 2019 yilning 26 sentabrida oyida O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va ACWA Power tomonidan O'zbekistonda quvvati 1300-1500 MVt bo'lgan bug'-gaz turbinali hamda quvvati 500 MVt bo'lgan shamol elektr stansiyalarni qurish bo'yicha asosiy shartlar to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Ushbu loyihalar bo'yicha shartnomani joriy yilning 5 martida imzolashga kelishib olindi.

Shu bilan birga, Muhammad Abunayan kompaniyaning DXSh asosida Sirdaryo IESni modernizatsiya qilish loyihasi bo'yicha Xalqaro moliyaviy korporatsiya bilan hamkorlikdagi tenderda ishtiroki yuzasidan rejalarini ham bildirdi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik va yangi elektr stantsiyalaridagi ish o'rinlariniga ilg'or xalqaro tajriba asosida mahalliy kadrlarni tayyorlashga katta e'tibor berilishi ta'kidladi.

Ma'lumot uchun: 12 mamlakatda “ACWA Power” korxonalarida 3500 dan ortiq xodim ishlaydi. Ularning 90 foizi, quyi darajadagi xodimlardan tortib boshqaruv darajasiga qadar, mahalliy aholining vakillari.


Report Page