Saudiya Arabistoni podshohligi mintaqada ustunlikka erisha oladimi?

Saudiya Arabistoni podshohligi mintaqada ustunlikka erisha oladimi?


Saudiya Arabistoni podshohligi qiroli Shayx Salmon bin Abdulaziz Al Saud

Saudiya Arabiston mintaqada to’liq ustunlikka erishmoqchi, lekin unda ichki va tashqi muammolar bor. Ichki muammolar: Shaxzodalar o’rtasidagi nizolar, qabilalar o’rtasidagi obro’ masalasi , ya'ni Saudlar uchun Hoshimiylar va bani Shayba qabilasining obrusi soya solib turadi. Shuningdek, Saudiyaning 

iqtisodiyoti asosan neftga asoslanganligi va hozirgi davrda bundan chetlashib “VISION 2030” dasturini tadbiq qilish masalalari muammo bo’lib turibdi. Tashqi siyosatida esa ba’zi kutilmagan o’zgarishlar ham sodir bo’ldi: birinchi navbatda AQSh bilan. 2021-yilda saylangan J.Baydenning prezidenligiga kelishi va Bayden Saudiya Arabistonini qo’llamasligini maʼlum qilishi , Yamandagi urishni to’xtatishni talab qilishi. Mintaqaning asosiy kuchlari bo’lgan Turkiya, Eron bilan munosabatlarda ham ancha katta oʻzgarishlar sodir boʻldi. Jumladan,  2021-yil may oyida Turkiya bilan ham Eron bilan ham muzokaralarga kirishgan Saudiya Arabistoni Turkiyaning talabi bilan Qatarni blokada qilinishini to’xtatdi.

Qatar blokadasida qatnashgan arab davlatlari: Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr

Tahlilchilarning fikricha, aynan Qatar blokadasini to’xtatilishi BAA va Saudiya o’rtasida kichik boʻlsa ham nizolarni keltirib chiqardi. Sababi BAA blokadaning ochilishiga keskin qarshi edi. Ammo hozirgi Saudiyaning tashqi siyosati o’ta mo’tadillik kasb etmoqda. Bu esa hozircha Saudiyaning maqsadlarini yashirin tutadi. Ushbu masalada ikki xil tahmin mavjud: Tahlil qilib koʻradigan boʻlsak, aynan AQSh hukumati tepasiga demokratlarni kelishi Saudiya Arabistoni va AQSh munosabatlarini uzoqlashtiradi. Shu bilan bir qatorda Saudiya tashqi siyosatida ham yig’ilib qolgan bir ancha muammolar mavjud boʻlib, oʻz oʻrnida bu muammolar Saudiya Arabistoniga bosim sifatida koʻrilayotgan edi. Masalan, Yamandagi Husiylar yoki Hizbulloh harakatlari. Saudiya esa bu muammolarni Eron davlatining aralashuvisiz hal qilishi mushkulligini yaxshi anglaydi. Ikkinchidan, Turkiyaning musulmon dunyosida obroʻsi oshib borayotganligi, AQSh demokratlarining ham Turkiyaning mintaqada kuchayib ketishini xohlamasligi ushbu mintaqadagi yaqinlashuvga sabab bo’ldi. O'z navbatida,Turkiya bilan yaqinlashuv Jamol Qoshiqchi masalasining yumshashiga ham olib keladi. Bu masalada yana ba’zi tahminlar ham mavjud: bilamizki, Saudiya Arabistoni qabul qilgan VISION-2030

Vision 2030 tashabbuskori Saudiya Arabistoni podshohligi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz

dasturiga ko’ra Saudiya Arabistoni neftga qaramligini kamaytirish masalasi qo’yilgan bo’lib, buni amalga oshirish uchun esa, albatta, mintaqa davlatlari bilan kelishish darkor ekanligi va tashqi siyosatdagi muammolarga haddan tashqari ko’p aralishib qolishdan tiyilishi muhimligini anglagan Saudiya Arabistoni aynan tashqi siyosatdagi muammolar davlatning ichidagi Saudlar oilasi obro'siga qarshi norozilik kayfiyatini uyg’otmasligi uchun kelishish yo’lini tutdi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni AQShni Saudiya Arabistoni bo’yicha yo’nalishini qayta ko’rib chiqishga chaqirdi. Saudiya Arabistoni Arabiston yarim orolida siyosiy jihatdan katta nufuzga ega bo’lib olganini uning asosiy yutuq tomoni deb ko’rsatsak bo’ladi. Chunonchi, Saudiya Arabistoning eng yaqin hamkori bu Birlashgan Arab Amirliklaridir.

BAA esa Saudlardan so’ng yarim oroldagi liderlikka davo qiluvchi davlat hisoblanadi. Aynan Saudlar ham BAA ham har jihat va sohada bir birlarini qo’llab kelishmoqda. Yana shuni alohida aytish kerakki, Saudiya Arabistoni va Misr munosababtlari ham ancha yaxshi. Bunga sabab Misrda “Al Ihvanu Al muslimuun”(Musilmon birodarlar)ning harbiy to’ntarishi orqali hukumatga kelgan Abdul Fattoh As-Sisi hokimyatini qo’llab-quvvatlaganligi uchun Misr ham Saudiya Arabistonini tashqi siyosat masalalarida qo’llab-quvvatlab kelmoqda.

https://t.me/Sharqshunos_tahlilchilar

Islomov Shohjahon


Report Page