Sarvarbek Axmedov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.

Sarvarbek Axmedov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.

MoliyaPress

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining №145 – ls son buyrug‘iga asosan Axmedov Sarvarbek Shixnazarovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.

Sarvarbek Axmedov 1985 yilda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2005 yilda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetini (bakalavr), 2008 yilda Manchester Universitetini (Buyuk Britaniya), 2019 yilda Milliy tadqiqot Universitetining Iqtisodiyot oliy maktabini (Rossiya) tamomlagan.

Sarvarbek Axmedov o‘z mehnat faoliyatini 2008 yilda “Goldman Sachs International” (London) valyuta operatsiyalari departamenti xodimi sifatida boshlagan.

2011-2014 yillarda “Goldman Sachs International” (London) valyuta va boshqa moliyaviy derivativlar operatsiyalari departamentida yetakchi xodim, 2014-2016 yillarda moliyaviy derivativlar operatsiyalari departamenti bo‘lim boshlig‘i, vise-prezident lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2016-2019 yillarda “Goldman Sachs Bank” MChJda (Moskva) moliyaviy instrumentlar va g‘aznachilik operatsiyalari departamenti vise-prezidenti bo‘lgan.

 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i, Moliya vazirligi G‘aznachilik boshlig‘i o'rinbosari va 1- o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati 


Report Page