Sarson bo'lgan bemorning huquqlari tiklandi!

Sarson bo'lgan bemorning huquqlari tiklandi!


Bemor sog‘ligi uchun ham vaqtini ham mablag‘ini sarflab shifokor huzuriga shifo istab borganda uning huquqlari poymol bo‘lsachi? oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punkti tomonidan berilgan yo‘llanma bo‘lishiga qaramay amalga oshirilgan to‘lovlar evaziga hech qanday natija olmasachi? Unda kim aybdor bo‘ladi bemormi yoki shifokor?

Xususiy klinikalar faoliyatidan norozi bo‘lib shu kabi savollarga javob topa olmagan Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro A.SH. Qashqadaryo viloyati raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasiga murojaat yo‘lladi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaro Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan xususiy klinikaga sog‘ligida muammolar borligi sabab aniq tashxis quyishi uchun murojaat qiladi. A.SH. ichki aʼzolarini MRT qilishi uchun 350 000 so‘m to‘lovni amalga oshiradi, ammo bemorga ta'luqli bo'lmagam holatda klinika tomonidan ko‘rik jarayoni texnik tomondan sifatsiz o'tkazilganligi sababli, aniq tashxis qo'yishni imkoni bo'lmaydi.

Afsuski bu holatda klinika xodimlari bemorni amalga oshirgan to‘lovini qaytarishi kerak bo‘lsada, ko‘rik uchun to‘langan pullar qaytarishmaydi. Fuqaro bir necha bor murojaat qilishiga qaramay muammo ijobiy hal bo‘lmaydi.

Hududiy boshqarma xodimlarining saʼy-harakatlari bilan klinika rahbariyati hamda murojaatchining shaxsan o‘zi ishtirokida olib borilgan o‘rganishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunining 19- va 21-moddalariga asosan fuqaroga ko‘rik uchun amalga oshirgan 350 000 so‘m mablag‘i to‘liqligicha qaytarib berildi.

Report Page