Sarkor вы чё офигели?

Sarkor вы чё офигели?

Vodiylik aka

Bir necha kun oldin qoldirgan postim shunchaki Sarkor Telecomning internet sifati uchun edi.

Bugun esa sizlar bilan Sarkor Telecom va uning Maximus tariflarida bo'lgan abonentlari orasidagi prikol haqida aytib bermoqchiman. 😁

Sarkor saytidan Maximus NEW tariflaridann qaynoq skrinshot


Oxirgi 3 oydan beri Maximus 35 tarifi bo'yicha avtoto'lov bilan to'lanayotgan 130 000 so'mdan keyin ham internet yonmayotganini ko'rib 5 000, 10 000 so'm o'rtiqcha hisobni to'ldirayotgan edik. Vaholanki bu oy ham huddi shu holat kuzatildi va men men kabinetimga kirib holatni tekshirmoqchi bo'ldim:

Kabinetimdan skrinshot

Чта-а?


Bu holatni ko'rgandan keyin Sarkorning Call markaziga qo'ng'iroq qildim 12 navbatdan keyin operator bilan bog'landim va muammoni tushuntirdim.

  • abonent to'lovi Maximus 35 tarifida qachondan 130 000 so'mdan o'shgan va nega bunday bo'lgan?

Operator:

  • Abonent to'lovi Maximus tariflari uchun oshirilganligi va bu haqida kompaniya saytida yangilik e'lon qilinganligi, abonentlarga SMS xabarnoma yuborilganligini, eski Maximus o'rniga esa Maximus NEW tariflari chiqarilganligi va Maximus NEW 35 tarifida abonent to'lovlari 130 000 so'm ekanligini aytdi. Agar 130 000 so'm tezlik va huddi o'sha men hozir ega bo'lgan tezlik va shartlar asosidagi Maximus NEW 35 tarifiga o'tmoqchi bo'lsam 25 000 so'm to'lashim kerakligini aytdi.

ЧТААА-А?

Men esa o'z o'rnida Sarkor informer botiga ulanganligim na u yerda va na SMS orqali menga xabarnoma kelganligi haqida aytdim.

Javob nima bo'ldi deb o'ylaysiz? 😁

Ha topdingiz! Go'shakni qo'yib qo'yishdi. ))


Endi esa popkorn yoki bitta pivoni olib xulosa chiqaramiz:

  • Sarkor avval mavjud bo'lgan Maximus tariflari bo'yicha yangi ulanishlarni bekor qilib, huddi shu shartlar va tezlik, takrorlayman HUDDI SHU SHARTLAR VA TEZLIK bo'yicha Maximus NEW tariflarini chiqargan va abonent to'lovini shundayligicha qoldirgan. Eski HUDDI SHU SHART VA TEZLIK dagi Maximus tariflarida esa abonent to'lovi oshirilgan va bu haqida abonentlarga na bot va na SMS xabarnoma bilan ogohlantirgan yoki qulaylik uchun eski abonentlarni Maximus NEW turkumidagi o'sha shart va imkoniyatlardagi tariflarga o'tkazib qo'ymagan. (Sababini o'ylab ko'ring hurmatli bilimdonlar 😁). O'sha tarif o'zgarayotganligi haqida xarbarnomani o'qimoqchi bo'lsangiz sarkor.uz saytiga kirib, Yana ko'rsatish tugmasini 6 yoki 7 martta bosishingiz kerak 😁:
  • Bu yerda iste'molchining huquqlari buzilgan holat yo'qmi? Oferta shartnomasi bilan tanishib chiqishimiz kerak.
  • O'sha eski tezlik va shartlarga ega tarifga o'tish esa hozirgi joriy tarifidan abonent to'lovi arzon bo'lgani uchun 25 000 so'm qo'shimcha to'lov undirilar ekan. Bu ham adolatdanmi?


P.S.: Yuqoridagi skrinshotda ham ko'ringanidek Sarkorda deyarli har kuni avariyaviy holatlar bo'lishi, internet ishlamay qolishi kabi muammolar odatiy holga aylangan. Bu bo'yicha internetda yetarli shikoyatlar topishingiz mumkin. 😁


Sarkor sen zo'rsan! 💩

Savob uchun Sebzor dahasida ulanish mumkin bo'lgan muqobil va qulayroq internet provayderlarini ushbu post izohida qoldirib keting.


E'tiboringiz uchun rahmat. To be continued...

Report Page