Sardor Bozorboyev

Sardor Bozorboyev

TIFT Universiteti
Sardor Bozorboyev

📌2015-yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Lomonosov-2015” olimpiadasida oltin medal sohibi bo‘ldi.

📌2014-2015 o‘quv yilida Respublika fan olimpiadasida matematika fani bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egalladi.

📌2015-yil Tailandning Chian Mai shaxrida o‘tkazilgan 56-Butunjahon matematika olimpiadasida bronza medal sohibi bo‘ldi.

📌2017-2019 yillarda ketma-ket uch marta Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan Xalqaro NCUMC olimpiadasida oltin medal sohibi bo‘ldi.

📌2017-yil talabalar o‘rtasida Respublika miqiyosida o‘tkazilgan Qori Niyoziy olimpiadasida faxrli 1-o‘rinni egalladi va “Qori Niyoziy stipendiyasi” sohibi bo‘ldi

📌2017-2019 yillarda uch marta Leonard Eyler nomidagi matematiklarni qo‘llab quvvatlovchi xalqaro hayriya fondi tomonidan “Благадарность” bilan taqdirlangan.

📌2017-yil “O‘ZBEKISTON BELGISI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

📌2018-yil Muhammad al Xorazmiy nomidagi 1-xalqaro olimpiada (AKHIMO-2018) da oltin medal sohibi bo‘ldi.

📌2018-yilda Oliy va O‘rta Maxsus ta'limi vazirligi tomonidan “Yil talabasi” deb topildi.

📌2018-yil Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shaxrida o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritdi.

📌2018-2019 o‘quv yilida Talabalar o‘rtasidagi Respublika fan olimpiadasida matematika fani bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

📌 2019-yil 24-may kuni xalqaro yutuqlarini uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan COBALT avtomobili bilan taqdirlandi.

📌2019-yil harbiy kursantlarni Xalqaro olimpiadaga tayyorlagani va ular yuqori natijaga erishgani munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan MARD O‘G‘LON davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

📌2019-yil sentyabr oyida Innoweek haftaligi doirasida Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan smartfon bilan taqdirlandi.

📌2020-yil mart oyida Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida 8 ta o‘quvchisi qatnashib, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallari va 4 ta maqtov yorlig‘ini qo‘lga kiritishdi. Shu munosabat bilan Adigeya Respublikasi ta'lim va fan vazirligi tomonidan “Blagodarstvennoe pis'mo” bilan taqdirlandi.

📌2020-yil Ichki ishlar vaziri tomonidan “Yurt posbonlari” onlayn olimpiadasini o‘tkazishga qo‘shgan hissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

📌2020-2021 o‘quv yilida magistrantlar uchun “PREZIDENT STIPENDIYASI” sohibi bo‘ldi va doktaranturaga imtiyoz asosida qabul qilindi.

📌2021-yilda fan olimpiadalarini rivojlantirishdagi hissasi uchun “XALQ TA'LIMI A'LOChISI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


Xalq ta'limi vazirligi va Prezident ta'lim muassasalari agentligidagi faoliyati davomida 2019-2021 yillarda turli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda 10 dan ortiq fan olimpiadalari o‘tkazilishida tashabbus ko‘rsatdi. Xususan, Gurlan tumani hokimligi bilan hamkorlikda, Italiyaning Piza universiteti bilan hamkorlikda, Termiz shahar hokimligi bilan hamkorlikda, Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki bilan hamkorlikda va Tuproqqal'a tumani hokimligi bilan hamkorlikda shular jumlasidandir.


Havolalar:

http://m.xabar.uz/uz/talim/prezident-kobalt-sovga-qilgan-talaba

http://m.xabar.uz/uz/jamiyat/prezident-talabaga

https://kun.uz/77010528?q=%2Fuz%2F77010528&utm_source=uznet.press&utm_medium=topic&utm_campaign=self

Report Page