Sambo kurashi bo‘yicha “master-klass” mashg‘uloti o‘tkazildi

Sambo kurashi bo‘yicha “master-klass” mashg‘uloti o‘tkazildi

TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali


2022-yil 13-aprel kuni Filialning sport majmuasida 1-bosqich “G” potok talabalari bilan sambo kurashi bo‘yicha mashhur sportchilar: Jahon chempionati sovrindori, 7 karra respublika chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi Yuldashev Xojiakbar Bahodir o‘g‘li, Yevropa va Osiyo chempioni, 6 karra respublika chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi Abdurahmonov Fazliddin Fahriddin o‘g‘li va murabbiy Abdulamitov Ramazon Abdurashid o‘g‘li “master-klass” mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Sportchilar “master-klass” mashg‘ulotida talabalarga samboning maxsus usullarini ko‘rsatib berishdilar. Talabalar tomonidan turli savollar berildi va ko‘rsatilgan usullarni bajarishdi.


Report Page