Samarqandning 1700 dan ortiq o‘qituvchilari Kundalikda ishlash uchun malaka oshiradilar

Samarqandning 1700 dan ortiq o‘qituvchilari Kundalikda ishlash uchun malaka oshiradilar


Kundalik tizimi Samarqand shahridagi maktablarda joriy etilmoqda. 1700 dan ortiq o‘qituvchilar seminarlar doirasida elektron jurnal bilan ishlashga o‘rgatiladi.

Samarqand shahridagi 55-maktabda kuniga oltita seminar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘qituvchilar bilan mashg‘ulotlar tarkibi tizimning imkoniyatlariga yo‘naltirilgan, aksariyat vaqt amaliy vazifalarni bajarishga bag‘ishlangan. Bunday o‘quv jarayonlarining asosiy vazifasi o‘qituvchilarga qanday qilib Kundalik yordamida hujjatlarni qisqartirish, ish jarayonini soddalashtirish mumkinligini ko‘rsatishdir, - qayd etdi Kundalik metodisti Gulnora Ismoilova.

Sinf xonasida barcha o‘qituvchilar login, parolni olishadi va tizimda to‘liq ishlashadi. Ish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelgan o‘qituvchilar 17:00 dan 19:00 gacha qo‘shimcha maslahat olish uchun Kundalik metodistlariga murojaat qilishlari mumkin.

“Aksariyat o‘qituvchilar uchun belgilangan ish oqimiga texnologiyani kiritish katta qiyinchilik tug‘diradi. Kundalikning o‘qituvchilarga qanday ko‘mak berishi to‘g‘risida batafsilroq bilib, men juda hayron qoldim, chunki elektron jurnal bilan ishlay olmasligimdan xavotirlangan edim. Ammo tizimning funksional imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, Kundalikdagi hamma narsa o‘qituvchining ishini yengillashtiradigan tarzda joylashtirilganligini angladim. Seminar davomida men ishning asosiy tamoyillarini puxta o‘zlashtirdim va tezda elektron jurnalni o‘zim to‘ldirdim”, - deydi Samarqand shahridagi 55-maktabning informatika o‘qituvchisi Gulshan Qobilova.

Davlat ta’lim muassasalari bilan bir qatorda “Redbridge International School” hamda “Istiqbolli ta’lim” kabi xususiy maktablarining pedagogik tarkibi va rahbariyati raqamli ta’lim platformasi bilan ishlashni o‘rganmoqda.

Kundalik kompaniyasi metodistlari, shuningdek, boshlang‘ich sinf ota-onalar qo‘mitasi raislari uchun yig‘ilishlar o‘tkazdilar. Ota-onalar elektron kundalikning imkoniyatlari va funsiyalaridan mamnun bo‘lishdi, ko‘pchilik yillik 9200 so‘m evaziga ko‘plab qo‘shimcha afzalliklar ta’minlanishini ta’kidladilar, jumladan: ta’lim berishni ishonchli nazorat qilish, o‘qish va maktabdagi barcha masalalarni masofadan turib hal qilish imkoniyati.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga va 2019-yil 23-avgustdagi videokonferentsiyada bildirilgan takliflarga muvofiq, Prezident ta’lim sohasida axborot texnologiyalarini yanada ko‘proq joriy etish zarurligini ta’kidladi. 





Report Page