Samarqandga “Afrosiyob”da – “Beeline Uzbekistan”ning  4G interneti bilan

Samarqandga “Afrosiyob”da – “Beeline Uzbekistan”ning  4G interneti bilan


Digital-operator mamlakatimiz poytaxti va Samarqand o‘rtasida qatnovchi “Afrosiyob” poyezdlari yo‘nalishi bo‘ylab yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanishni ta’minladi. Asosiy turizm infratuzilmasi obyektlari joylashgan hududlarda – xususan, yangi ochilgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro sayyohlik markazida ham texnik ishlar amalga oshirildi. Loyiha “Beeline Uzbekistan” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Dunyoga mashhur tarix va me’morchilik yodgorliklariga ega Samarqand O‘zbekistonga xorijdan kelayotgan sayyohlar uchun ham, mamlakatimiz aholisi uchun ham diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi. Shu bois Samarqandda bir necha kun avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ochilgan “Abadiy shahar” majmuasiga ega eng yangi sayyohlik markazi tashkil etildi. Sentyabr oyida markaz ShHT sammiti o‘tkaziladigan joyga aylanadi.

“Beeline Uzbekistan” Samarqandga olib boruvchi yo‘lda va shaharning o‘zida mamlakat mehmonlari eng yuqori sifatli aloqadan foydalanishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berdi. Loyiha doirasida operator 40 ga yaqin baza stansiyalarini o‘rnatdi va modernizatsiya qildi. Yangi texnika, jumladan, Afrosiyob poyezdlari yo‘nalishi bo‘ylab ishga tushirildi. Temir yo‘lda, M39 Toshkent-Samarqand avtomobil yo‘lida, Samarqand xalqaro aeroportida, “Buyuk ipak yo‘li” sayyohlik markazida, Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi hududida va bir qator shaharlari, turizm sanoatining boshqa obyektlarida yuqori tezlikdagi 4G Internet “Beeline Uzbekistan” xizmati foydalanuvchilari uchun mavjud.


“Oʻzbekiston aholisi, shuningdek, mamlakatimiz mehmonlarini yuqori sifatli aloqa va tezkor internetdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida Toshkent va Samarqand oʻrtasidagi muhim yuqori tezlikdagi temir yoʻl yoʻnalishida 4G tarmogʻini qurishga qaror qilindi”, — dedi Sherzod Shermatov, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri. “Raqamli operator qisqa vaqt ichida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi yo‘nalishi bo‘ylab yuqori tezlikdagi internet aloqasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha jiddiy texnik yechimlarni ishlab chiqdi. Temir yo‘llarimiz bo‘ylab aloqa sifatining bunday yaxshilanishi O‘zbekistonning mamlakatni raqamlashtirish yo‘lida borayotganidan yaqqol dalolatdir, bu esa iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshiradi”.

“Biz iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini raqamlashtirishda faol ishtirok etmoqdamiz, biroq asosiy vazifalardan biri mashhur sayyohlik yo‘nalishlarida tarmoqni yaxshilashdan iborat. Zero, mamlakatimiz mehmonlari O‘zbekistonning umumiy rivojlanish darajasiga raqamli xizmatlar sifatiga qarab baho berishadi. Biz katta ishtiyoq bilan poyezdlar va yangi ob’ektlarni internet bilan ta’minlash loyihasi ustida ishladik, u yerda yaqinda ShHT sammiti bo‘lib o‘tadi. Biz uchun bu nafaqat kompaniya xizmatlarining yuqori sifatini yana bir bor e’lon qilish, balki mamlakatga real foyda keltirish uchun imkoniyatdir”, - deya voqeani sharhladi VEON GROUP bosh direktori Kaan Terzioglu.




Report Page