Samarqandda yangi Volkswagen va Škoda dilerlik markazlari ochildi

Samarqandda yangi Volkswagen va Škoda dilerlik markazlari ochildi

Volkswagen / Škoda

Volkswagen va Škoda O'zbekistondagi dilerlik tarmog'ini kengaytirishda davom etmoqda.

Samarqand respublikadagi beshinchi Volkswagen va Škoda dilerlik markazlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va xaridorlarga xalqaro markadagi avtomobillar taqdimoti taqdim etildi. Ushbu dilerlik tashkiloti eng yirik avtosalonlar tarmog'i "Regal" bilan birgalikda ochildi. 

Ochilish marosimida Volkswagen va Škoda brendlarining xorijiy vakillari ishtirok etishdi: Yan Vitt Volkswagen Group Rus kompaniyasining boshqaruv direktori, Petr Scholz esa Škoda brendining rahbari.

Yan Vitt o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi va Volkswagen brendlari uchun O'zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirishda ulkan salohiyat mavjudligini ko'rayotganini aytdi. Petr Scholz Škoda brendi Volkswagen guruhining O‘zbekiston bozoridagi strategiyasida katta o'rin egalay boshlaganini ta’kidladi. Shuningdek, Volkswagen va Škoda avtomobillarining davlat tarixi amalda boshlangan Samarqanddek tarixiy mintaqada rasmiy diler bo‘lishi, Samarqandlik avtoulovchilar uchun yanada yaqinroq va qulayroq, qayerdadir qadrdon bo‘lish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlab o'tdi. Samarqanddagi barcha qabul qilingan xalqaro brend standartlariga javob beradigan, yangi dilerlik markazi barcha mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Samarqand shahridagi multibrend avtosalon 2 oy ichida rekord darajada qurilgan bo‘lib, 1100 kvadrat metr maydonni o‘z ichiga oladi, shundan 700 tasi zamonaviy taqdimotlar markazi. Shuningdek, Volkswagen va Škoda avtomobillari uchun xizmat ko'rsatish markazi mavjud bo'lib, ular 7 ta bo'limdan iborat. Keyinchalik ularni 12 ta bo'limgacha kengaytirilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa iste’molchilarga xarid qilingan avtomashinalarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Yangi dilerlik markazi, uch turdagi Volkswagen Caddy minivenlarini taklif etadi: Cargo, Kombi va Trendline, shuningdek, Škoda Kodiaqning ikki turi: besh o'rindiqli "Ambition" va eng qulayi bo'lmish yetti o'rindiqli "Style". Maskur avtomobillar ham biznes, ham oilaviy foydalanish uchun mos keladi.

Avtomobillarning narxini kompaniyaning rasmiy veb-saytida topish mumkin. Belgilangan narxlar tashqi bozorlardagi o'xshash avtomobillarga nisbatan pastroq ekanligini ham ta'kidlaymiz.

Ishonch bilan ayta olamizki, ushbu dilerlik markazida taqdim etiladigan xizmat barchani hayratda qoldirishi va ehtiyojlarini qondirishi mumkin.

Sizni Samarqand sh., ko'ch. Ibn Sino, 24

Siz quyidagi raqamlar orqali avtosalonga murojaat qilishingiz mumkin: (66)232-22-99, (97)102-33-99

Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz:
Volkswagen

Facebook / Instagram / Telegram

Škoda

Facebook / Instagram / Telegram

Report Page