Samarqandda o‘g‘lonlar Vatanga qasamyod qilishdi

Samarqandda o‘g‘lonlar Vatanga qasamyod qilishdi


Markaziy okrug qo‘shinlarida o‘tash uchun Samarqand garnizoniga kelgan muddatli harbiy xizmatchilar yurtimizni ko‘z qorachig‘idek asrashni, uni himoya qilishni ahd qilib, Vatanga qasamyod qabul qilishdi.

Yigitlik ontini ichayotgan o‘g‘lonlar ona yurtimizning sarhadlarini, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini so‘nggi nafasi qolguncha himoya qilishga barcha mard va jasur yigitlar singari Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratilgan yangi «Vatanga qasamyod» matni bo‘yicha sodiqlikka ont ichishdi.

Tantanali tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, faxriylar, davlat va jamoatchilik vakillari, Harbiy prokuratura hodimlari hamda askarlarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etishdi.

Yurtga qalqon bo‘lib vatanga xizmat qilishni diliga tugib, tantanali qasamyod qilgan askarlarni oila a’zolari ko‘zlarida quvonch va faxr tuyg‘usi bilan kuzatib turdi.

Jonajon O‘zbekistonimizning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo‘lishga qasamyod qilaman degan xar bir askarga askarlarga Prezident sovg‘asi —Temur tuzuklari , O‘zbekiston tarixi kitoblari topshirildi.

Shuningdek, askarlarning orasida qisqa fursat ichida jismonan va manaviy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan va barchaga namuna bo‘lib kelgan askarlarning ota-onalariga harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining tashakkurnomasi topshirildi.

Tadbirda so‘z olganlar harbiy kasbni mustahkam egallab, amaliy ko‘nikmalarni doimo oshirib borishini takidlab, mamlakat mudofaasini himoya qilishdek sharafli va mas’uliyatli vazifaga otlanayotgan o‘g‘lonlarimizga omadlar tilashdi.

Harbiy orkestr jamoalari, viloyatlining hushovoz xonandalarining konsert dasturlari, viloyat drama teatrining ijodkorlariining tarixiy siymolar ko’rinishidagi sahna ko’rinishlari, harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan turli qo’l jangi va faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari yig‘ilganlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Report Page