Samarqandda kitob taqdimoti o‘tkazildi

Samarqandda kitob taqdimoti o‘tkazildi

           14-avgust kuni viloyat Axborot-kutubxona markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘a…

        Tadbirda 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “Zarif so‘z ziyorati” hamda “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” kitoblarining mazmun-mohiyati, ilmiy qiymati va o‘zbek tili hamda adabiyotini o‘rganishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

        Taqdimotda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari A.Eminov, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti professori A.Hasanov, viloyat hokimining maslahatchisi Sh.Temirov hamda ijodkorlar, tuman va shahar hokimlarining maslahatchilari, tuman va shahar axborot-kutubxona markazlarining mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Tadbir davomida “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning buyuk mutafakkir hayoti va ijodiy merosini tizimli hamda ilmiy asosda o‘rganish, navoiyshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlarni yangi ma’lumotlar bilan boyitishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

        Shuningdek, “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” o‘zbek tilining leksik qatlamini chuqur o‘rganish, omonim birliklarning ilmiy tavsifini berish va zamonaviy tilshunoslik tadqiqotlarini rivojlantirish uchun muhim manba ekani qayd etildi.

        “Zarif so‘z ziyorati” nashri esa o‘zbek so‘z san’ati, adabiy-estetik tafakkur va milliy ma’naviy merosni anglashda muhim ahamiyat kasb etishi xususida fikrlar bildirildi.

        Taqdimot davomida mazkur nashrlarning ilmiy tadqiqotchilar, filologlar, pedagoglar, talabalar, ijodkorlar hamda keng kitobxonlar ommasi uchun muhim ilmiy-ma’rifiy manba ekani yuzasidan fikr almashildi.

        Tadbir yakunida yangi nashrlarning axborot-kutubxona muassasalari fondlarini boyitish, kitobxonlarning ilmiy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish hamda yosh avlodni milliy adabiy va ilmiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati qayd etildi.



Report Page