Samarqandda “Vatan tayanchi” harakatiga a’zo bo‘lgan yoshlarga ko‘krak nishonlari topshirildi

Samarqandda “Vatan tayanchi” harakatiga a’zo bo‘lgan yoshlarga ko‘krak nishonlari topshirildi

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonidagi harbiy qismda umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining 400 ga yaqin aʼzolariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

2022-yil 2-mart kuni O‘zbekiston Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingandi. Qarorga muvofiq, davlat umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan 10—11-sinf oʻquvchilari orasidan vatanparvar, eng intizomli va bilimli, tashabbuskor boʻlgan 20 nafar yoshlarni saralab olish orqali “Vatan tayanchi” otryadlarini tashkil etish belgilangan.

Xususan, Samarqand viloyatida 24 ming 570 nafar yoshlardan iborat 1245 ta “Vatan tayanchi” otryadlari tashkil etilgan bo’lib, “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonini tantanali topshirish marosimida Samarqand shahri, Samarqand, Pastdarg‘om, Oqdaryo hamda Toyloq tumanlaridagi 20 ta “Vatan tayanchi” otryadining 400 nafar aʼzolariga “Vatan tayanchi” harakatining nishonlari topshirildi. Unda okrug qo‘mondonligi, hokimlik, davlat va jamoat tashkilotlari, faxriylar va Yoshlarni chaqirriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar otryad a’zolariga ushbu sharafli nishonni taqib yurish bilan birga tengdoshlariga na’muna bo’lishi va ularni ham o‘zlariga ergashtirishi lozimligini vas hu orqali kelgusida oʻz tengdoshlarining ham haqiqiy vatanparvar, yetakchi va tashkilotchi boʻlishini tilashdi.

Tadbir yakunida harbiy orkestr ijrosidagi ona Vatanni, tinchlik va mardlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yoshlar qalbidagi vatanparvarlik hislarini yana bir bor uyg‘otdi.

 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati





Report Page