Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

 

Xabaringiz bor joriy yilning 18-aprel kuni Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochilgan edi.

Ko‘rgazmadan Arabiston va Markaziy Osiyo O‘rtasidagi munosabatlar tarixi hamda Sharja Amirligining neolit davridan Islomgacha bo‘lgan davriga oid 170 dan ortiq arxeologik topilmalar O‘rin olgan.

 

Bugun, 3-may kuni Samarqand viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari mazkur ko‘rgazma eksponatlari tanishan ekan, Arab Amirliklarining tarixi, madaniyati haqida maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Maʼlumot uchun, Sharjadagi Mleyxa arxeologik yodgorligida saroy, istehkomlar, uylar va insonlar hamda hayvonlar qabrlari topilgan. Topilmalarning umumiy maydoni 3 kmga cho‘zilgan. Mleyxadan uzoq bo‘lmagan hududda esa arxeologlar oltin, kumush, bronza, temir, fil suyagi, alebastr, shisha va boshqalardan yasalgan, bezatilgan buyumlar ham topilgan. Bu buyumlarda qadimgi Misr, Yunon, Rim, Parfiya, O‘rta Osiyo, Hindiston madaniyati izlarini ko‘rish mumkin.

 

Ko‘rgazma 22 maygacha davom etadi.


Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

 

Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/econewssamarqand


Report Page