Samarqandda “Jasorat maktabi” yigʻini nihoyasiga yetdi

Samarqandda “Jasorat maktabi” yigʻini nihoyasiga yetdi


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Jizzax tajribasi” loyihasi doirasida yoshlarni toʻgʻri yoʻlga qaytarish, kasb-hunarga o‘qitish, hamda ularning maʼnaviyati va madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Jasorat maktabi” loyihasi bugun minglab yoshlarimizning hayot maktabiga aylandi. 

10 kun davomida egniga harbiy libos kiyib, harbiycha hayot kechirgan va o‘z kelajagi uchun kasb-hunar o‘rgangan samarqandlik 100 nafar yoshlar uchun ham “Jasorat maktabi” haqiqiy hayot maktabiga aylanib, o‘zlarida vatanparvarlik tuygʻularni shakllantirishdi. 

Jumladan, oʻn kun davomida ushbu yigʻinning ishtirokchilari bilan jangovar, sport oʻyinlari, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari, tadbirkorlik hamda kasb-hunar boʻyicha mashgʻulotlar hamda turli koʻrik-tanlovlar oʻtkazildi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi negizida o‘tkazilgan yig‘inning tanatanali yopilish marosimida okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, IIB, DXX, Yoshlar ishlar agentligi va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillar, "Vatanparvar" tashkiloti hamda yoshlarning ota-onalari so‘zga chiqib, yigʻin bitiruvchilarini samimiy muborakbod etib, o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari kelgusi hayotida as qotishini aytib, ularga omad va zafarlar tilashdi.

Marosimda yoshlarga egallagan mutaxassisligi boʻyicha sertifikatlar, turli sport musobaqalari hamda koʻrik-tanlovlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan yig‘in ishtirokchilariga esa tashkilotchilarining kubok, diplom va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Harbiy orkestr va viloyatning taniqli san’atkorlari ijrosidagi konsert dasturlari hamda harbiy xizmatchilarning turli sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga chin ma’noda ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Report Page