Samarqand xalqaro aeroporti ochilish marosimi
Toshkent davlat transport universitetiHozirgi vaqtda Samarqand shahrida Samarqand xalqaro aeroportining rekonstruktsiyadan chiqqan yangi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda. Ochilish marosimida hukumat rahbarlari, “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” kompaniyalari rahbarlari hamda Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti rahbariyati va professor-o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.





Aeroport yo'lovchilar terminalining umumiy maydoni 42 ming metr kvadrat bo'lib, 3 qavatdan iborat. Endilikda aeroport soatiga 800 nafar yo'lovchiga xizmat ko'rsatishi mumkin bo'ladi.
Yangi terminal yiliga 1,5 mln yo'lovchiga xizmat ko'rsatadi. Terminalda 29 ta ro'yxatdan o'tish oynalari (20 ta xalqaro, 9 ta mahalliy), shuningdek yana 5 ta mustaqil ro'yxatdan o'tish kiosklari mavjud bo'ladi.