Samarqand viloyatidagi dorixona mas'ullari uchun seminar-yig'ilish o'tkazildi

Samarqand viloyatidagi dorixona mas'ullari uchun seminar-yig'ilish o'tkazildi

Uzpharmcontrol

Kuni kecha, Samarqand viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi binosida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan dori vositalarini chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar rahbarlari va mutaxassislari uchun seminar-yig‘ilish tashkil qilindi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda Zarur amaliyotlar markazi ma’sul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda farmatsevtik litsenziatlar faoliyatida qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, shuningdek, “Yaxshi dorixona amaliyoti-GPP”, O`zDSt 3127:2016; xalqaro standartining O‘zbekistonda joriy qilinishi, ushbu standartning joriy qilinishi natijasida korxonada yaratiladigan afzalliklari haqida tushuntirish berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi PF-55-sonli farmoniga muvofiq 2022 yil 1 apreldan farmatsevtika sohasida yangi ishlab chiqaruvchi korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari mos ravishda “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)”, “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” va “Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)” talablariga muvofiq ravishda tashkil etilishi zarurligi alohida ta’kidlanib, bu masalada ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Eslatib o’tamiz yuqoridagi profilaktik tadbirlar, 22-noyabr Qashqadaryo hamda 23-noyabr Surxondaryo viloyatida o’tkazilishi belgilangan.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati
Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube

Report Page