Samarqand viloyatida “Dolzarb 30 kunlik” biohimoya tadbirlari davom etmoqda.

Samarqand viloyatida “Dolzarb 30 kunlik” biohimoya tadbirlari davom etmoqda.


O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-877-son Qonuni hamda “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga ko‘ra, tabiatda biofonni rivojlantirish va zararkunandalar tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi biologik kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi tomonidan 2024 yilning 10 iyun kunidan 10 iyul kuniga qadar “Biohimoya bo‘yicha dolzarb o‘ttiz kunlik” tadbiri e’lon qilindi.

Ushbu tadbir ijrosini ta’minlash maqsadida, Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan tabiatda biofonni boyitish va zararli organizmlar tarqalishining oldini olish hamda biologik qarshi kurash ishlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, “Biohimoya bo‘yicha dolzarb o‘ttiz kunlik” tadbirini joylarda samarali tashkil etilishini monitoring qilib borish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etildi. Tuman bo‘limlari hamda zaruratga ko‘ra O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand mintaqaviy filialining tegishli olim va mutaxassislarini jalb qilgan holda biomahsulotlarni dalada qo‘llanilishining maqbul muddati, me’yorlari hamda iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha mahsulot yetishtiruvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish to‘g‘risida ko‘rgazmali seminarlar tashkil etilmoqda.

Bugunda Payariq tumanida 2024 yil hosili uchun 10 949 gektar g‘o‘za parvarishlanadi. Hozirda g‘o‘za zararkunandalaridan shira trips, o‘rgimchakkana, qandalalarga va boshqa zararlovchi hasharotlarga qarshi biomahsulotlar keng qo‘llanilmoqda. Tumanda 4 ta biolaboratoriya faoliyat yuritadi. Ushbu biolaboratoriyalar tomonidan zararkunandalarga qarshi entomofaglarni dalaga tarqatish bo‘yicha 21 542 gektar maydon bilan shartnomalar tuzilgan, shundan 10 949 gektarini paxta, 12 092 gektarini g‘alla, 2 295 gektarini esa boshqa turdagi ekinlar tashkil qiladi. Mavsumda g‘alla ekinlari parvarishi uchun to‘liq biomahsulotlar dalaga tarqatilgan. Joriy yil hosildorligi yo‘lida parvarishlanayotgan 10 949 gektar g‘o‘za maydonining 9 700 gektariga oltinko‘z va trixogramma entomofaglari chiqarilgan.

Hozirda tumandagi “Mehnat rohat paxta dalasi” fermer xo‘jaligining xorijiy chigit ekilgan 25 gektariga biomahsulotlar chiqarilmoqda.

Bundan tashqari 1 595 gektardagi mevali bog‘, issiqxona, aholi tomorqa va boshqa ekinlar turlari uchun oltinko‘z va trixogramma biomahsulotlari to‘liq tarqatilgan.



Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

 

 

 




Report Page