Samarqand viloyati va tumanlari axborot-kutubxona mutaxassislari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi
https://t.me/natlibuzJoriy yilning 17-21 oktabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Samarqand viloyati va tumanlari axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun “Elektron kutubxona maʼlumotlar bazasini shakllantirish va foydalanish asoslari” yo'nalishi boʻyicha Respublika axborot-kutubxona markazi va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.
O‘quv kurslari davomida mutaxassis xodimlar axborot-kutubxona sohasida elektron kutubxona ma'lumotlar bazasi va undan foydalanish bo'yicha nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Tinglovchilar foydalanuvchilarga elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish, xizmat ko‘rsatishning sifati va tezkorligini oshirish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, kutubxona texnologiyalarini modernizatsiya qilish, elektron utubxonaning axborot-kutubxona resurslarini jahon axborot makoniga ntegratsiyalash, elektron axborot-kutubxona resurslarini uzoq muddat saqlash, boshqa axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxonalari tarmog‘iga ulanishini taʼminlash, xodimlar va foydalanuvchilarni elektron kutubxonalardan foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha keng ma'lumot oldilar.
Malaka oshirish kurslari yakunida Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva tinglovchilar bilan dars jarayonlari, ularning sohaga oid taklif va taassurotlari haqida suhbatlashib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi hamda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirdi.