Samarqand viloyatidagi chekka hududlarda uchrashuvlar davom etmoqda
DTM Samarqand viloyat bo'limiJoriy yilning 6-may kuni Davlat test markazi Samarqand viloyati bo’limi xodimlari tomonidan Urgut tumanidagi 149-umumiy o’rta ta’lim maktabining faollar zalida xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining amaliyotchi psixologlari hamda bitiruvchi sinf o’quvchilar ishtirokida davra so‘hbati tashkil etildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasida keltirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan, shuningdek 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarorining 29-bandida ko‘rsatilgan “Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlashtirish va bilim darajasini baholashning milliy test tizimini bosqichma-bosqich joriy etish” tizimi va 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 646-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvar sanasida tasdiqiangan “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 34-son qaroriga muvofiq Ayrim ta’lim muassasalarga kirishda chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilish mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi. Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan berilgan savollariga javoblar berildi va suhbat baxs munozaralarga boy tarzida bo’lib o’tdi.
Shuningdek, Davlat test markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari DTM vakili B.Islomov aynan shu maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan ham uchrashdi va o‘quvchilar o‘zlarining qiziqishlari yuzasidan bergan savollarga to‘laqonli javoblar oldilar.