Samarqand viloyat "Zarafshon milliy bogʻiga tashrif".

Samarqand viloyat "Zarafshon milliy bogʻiga tashrif".

Samandar Abdunabiyev

🧾Amalyot davom etmoqda

⚡Hususan

🏛️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakultetining 102-103 guruh hamda Biotexnologiya fakultetini "dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash" yoʻnalishi 105-guruh talabalari bilan birga

"Botanika va oʻsimliklar fiziologiyasi" fani doirasida oʻtilyotgan oʻquv amaliy jarayonda M.Begmatova ustoz bilan birga Samarqand shahrida joylashgan "Zarafshon milliy bogʻiga " tashrif buyurishdi.Talabalar u yerda koʻpgina hayvon turlari jumladan sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va h.k kabi jonivorlarni koʻrishdi.


Samarqand viloyati Zarafshon daryosining oʻng qirgʻogʻi hududida joylashgan "Zarafshon milliy bogʻi" 1975-yilda tashkil qilingan. Bogʻ maydoni 2352 gektarga teng,

shu jumladan oʻrmonzorlar bilan qoplangan maydon 868 gektarga teng. Samarqand shahridan 5km janubisharqda joylashgan bogʻ hududi daryo sohili boʻylab 150m dan 1400 m gacha boʻlgan 35km masofaga choʻzilgan.

9

Asosiy vazifasi — toʻqay oʻsimliklari va hayvonot olamiga mansub tabiiy muhitni, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar va hayvonlar genofondini saqlash, oʻrganish hamda tiklashdan iborat.


🏛️M.Q.I.T.S_fakulteti axborot xizmati.



Report Page