Ezgulik albatta qaytadi

Ezgulik albatta qaytadi


Samarqand shahridagi qon quyish markazida “Ezgulik albatta qaytadi” shiori ostida qon topshirish aksiyasi bo'lib o'tdi.

Tashkil etilgan aksiyada Agrotexnologiya fakulteti tyutori N.Adizova va fakultetning bir guruh talaba-yoshlari donor sifatida ishtirok etdi.

Gematologik, onkogematologik va boshqa davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan yoshlarga tibbiy yordam koʻrsatish, ushbu kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish hamda yoshlarda olijanoblik, bagʻrikenglik tuygʻularini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan xayriya tadbirida gepatitga chalinmagan, “D” roʻyxatda turmaydigan sogʻlom fuqarolarning donor sifatida ishtirok etishlari taʼminlandi.

Qon quyish stansiyasi shifokorlari tomonidan talabalarga qon olish jarayoni qanday kechishi, qon topshiradiganlarga qo‘yiladigan talablar va ularning huquqlari, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, bu aksiyadan ko‘zlangan maqsad haqida tushunchalar berildi.

Aksiya soʻngida donorlar tomonidan “Men donorman”, “Ezgulik albatta qaytadi” shiorlarida fleshmoblar tashkil qilindi.

Aksiya davomida topshirilgan “qon preparatlari” Onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar uchun begʻaraz beriladi.


Agrotexnologiya fakulteti axborot xizmati

Report Page