Samarqand shahrida kutubxonachilarning Xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand shahrida kutubxonachilarning Xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda

https://t.me/natlibuz

2024-yil 15-may kuni Samarqand shahrida "Samarqand – MDHning madaniy poytaxti – 2024" davlatlararo dasturini amalga oshirish doirasida Yevroosiyo kutubxonalari Assambleyasiga a'zo kutubxonachilarining Xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forumda MDH davlatlari, AQSh, Armaniston, Belorussiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikistondan kelgan soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Forumning tantanali ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev, MDHga a'zo davlatlar Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi maslahatchisi Kamol Rahimov, Rossiya Davlat kutubxonasi Bosh direktori, Yevroosiyo Kutubxona Assambleyasi prezidenti, Rossiya kutubxonalari assosiasiyasi vise-Prezidenti Vadim Duda, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayevalar so‘zga chiqdi.


Report Page