"Samarqand noni – xalq brendi" festivali

"Samarqand noni – xalq brendi" festivali



Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

·        Samarqand noni ko‘rgazmalari;

·        Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasida Samarqand noni tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va “Samarqand noni tarixi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi o‘rinlarda – konferensiya);

·        “Samarqand nonini bezash va mahoratli yopish” ko‘rik-tanlovi (keyingi o‘rinlarda – ko‘rik-tanlov);

·        Mahalliy va xorijiy davlat nonvoylardan mahorat darslari;

·        Sayillar, mamlakatimiz tandir uylarining zamonaviy va kreativ uslubdagi ko‘rgazmalari;

·        Samarqand noni tarixi, qiziqarli hikoyalar va uni tayyorlash jarayoni haqidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassam etuvchi illyustrativ kitoblar chop etish;

·        Festival ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimlari, shuningdek, xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi madaniy-ma’rifiy, ommaviy-sport va ommaviy-konsert tadbirlari.

Festivalning ishchi tillari:

·        Davlat tili, ingliz va rus tillari.

Konferensiyada ishtirok etish istagini bildirgan olimlar, mutaxassislar, ishbilarmonlar quyidagi materiallarni taqdim etadilar:

·        Ma’lumotnoma (rezyume);

·        3 dona 6x9 o‘lchamdagi rangli fotosurat;

·        Konferensiya mavzusiga oid masala yuzasidan hajmi 4-5 betdan va 300 so‘zdan kam bo‘lmagan ma’ruza matni va/yoki masalani yoritib beruvchi taqdimot (o‘zbek, ingliz yoki rus tillarida).

·        Materiallar tadbir o‘tkaziladigan sanadan bir oy avval topshirilishi lozim.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etishni xohlagan nonvoylar quyidagi materiallarni taqdim etadilar:

·        Ma’lumotnoma (rezyume);

·        3 dona 6x9 o‘lchamdagi rangli fotosurat;

·        Nonvoylik bilan shug‘ullanish davri, sohaga oid boshqa tanlovlar va festivallarda ishtirok etganligi, erishilgan yutuqlar haqida asoslantirilgan qisqacha ma’lumot;

·        O‘zi yetishtirgan non mahsulotlarining kamida 10 ta fotosurati va ularni tayyorlash jarayonini aks ettiruvchi videolavhalar.

·        Materiallar tanlov o‘tkaziladigan sanadan bir oy avval topshirilishi lozim.

Ishtirokchilar ro‘yxati:

·        Konferensiya va ko‘rik-tanlovda ishtirok etuvchilarning ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita tomonidan aniqlanadi va festival sanasidan ikki hafta avval ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.

Quyidagilar ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholashda asosiy mezon hisoblanadi:

·        Nonning tashqi ko‘rinishi, bezaklarning estetikasi va dizaynini baholash (san’atkorlik va bezaklar sifati);

·        Nonni yopish va bezashda qo‘llanilgan texnikaning aniqligi, detallarga e’tibor va ijodkorlik darajasi (mahorat va texnika);

·        Nonning shakli, o‘lchamlari va umumiy dizayni qanday ifodalanganligi (mahsulotning estetik ko‘rinishi);

·        Ishtirokchilarning yangi va o‘ziga xos g‘oyalarini qo‘llashi,

·        Yaratgan nonning o‘ziga xosligi (innovatsionlik);

·        Nonni tayyorlash va bezash jarayonidagi texnologiyalarni to‘g‘ri va samarali qo‘llanishi (texnologik jarayonlarni bilish va qo‘llash);

·        Bezaklar va yopishning sifatiga qarab nonning mazasi va sog‘lomligi (mahsulotning mazasi va sifatini ta’minlash).

·        mahsulotning taqdimoti va ko‘rik-tanlovda ishtirokchilarning o‘z ishini qanday taqdim etgani (taqdimot va taqdimot sifati).

·        Ishtirokchining yaratgan noniga berilgan hikoya yoki izohlar, o‘ziga xoslik va yaratuvchanlikni ko‘rsatishi (hikoya va kreativlik);

·        Nonni tayyorlashda vaqtni samarali va to‘g‘ri boshqarish (vaqtni boshqarish);

·        Ishtirokchilarning ishlash paytida gigiyena va sanitariya qoidalariga rioya qilishlari (gigiyena va sanitariya talablari)

2025-yilda Festival doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy

·        qo‘mita tomonidan diplom va quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

·        Oliy o‘rin (1 nafar) – 50,0 mln so‘m;

·        1-o‘rin (1 nafar) – 30,0 mln so‘m;

·        2-o‘rin (1 nafar) – 20,0 mln so‘m;

·        3-o‘rin (1 nafar) – 10,0 mln so‘m:

·        “Eng yoshi katta nonvoy” – 5,0 mln so‘m;

·        “Eng yosh nonvoy” – 5,0 mln so‘m.

Report Page