Samarqand: investitsiya, tajriba va imkoniyat

Samarqand: investitsiya, tajriba va imkoniyat


Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatida boʻlib, agrar soha obyektlarini koʻzdan kechirdi.

Vazir oʻz navbatida, Samarqand viloyati qishloq xoʻjaligini ekologik jihatdan eng xavfsiz, bioxilma-xillikni qoʻllab-quvvatlaydigan usulda, suv resurslaridan oqilona foydalangan holda rivojlantirish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, intensiv bogʻ yaratish, tabiiy va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, oʻz yechimini kutayotgan loyihalarni tizimli amalga oshirish qishloq xoʻjaligida qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratishning muhim jihatlaridan biri ekanini qayd etdi.

Taʼkidlash kerakki, bu yil ilk bor mamlakatimizning barcha hududlariga gʻoʻzaning xorijiy navlari ekildi. Vazir mazkur navlar ekilgan dalalarda, yaʼni Ishtixon, Oqdaryo, Payariq hamda Kattaqoʻrgʻon tumanlarida boʻlib, gʻoʻzaning vegetatsiya holati bilan yaqindan tanishdi.

“Binobarin , Ishtixon tumanidagi Ishtixon oltin yerlari” fermer xoʻjaligida 815 gektar maydonga xorijiy urugʻlik chigit ekib parvarish qilinmoqda. Shundan 102 gektar maydonga qoʻshqator usulda plyonka ostiga chigit ekilgan.
Oqdaryo tumanidagi “Kumushkent Javodbek dalasi” fermer xoʻjaligida ham boʻldi. Bu yerda vazir Oqdaryo hamda unga yondosh tumanlardagi fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda bu yil xorijdan keltirilgan gʻoʻza navlari ekilganligi, ularning samaradorligi, agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida olib borilishi yuzasidan qilinayotgan ishlar muhokamasi boʻlib oʻtdi. 

Undan soʻng, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Nazokat oltin dalasi” fermer xoʻjaligining gʻoʻza maydonlari ham koʻzdan kechirildi.

Qishloq xoʻjalik vazirining amaliy tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda, Oʻsimliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Sh.Xudoyberdiyev, Agentlikning viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Urazov, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti boshligʻi A.Onorboyevlar hamda tuman boʻlimlari inspektorlari ishtirok etishdi.


Uchrashuv doirasida gʻoʻza parvarishi bilan bogʻliq boʻlgan sohaga doir masalalar yuzasidan mutasaddilarga topshriqlar berildi. Unga koʻra, 

- gʻoʻza maydonlarini himoyalash maqsadida zarar yetgan gʻoʻza maydonlariga biostimulyatorlar bilan bargdan oziqlantirish (suspenziya) ishlarini amalga oshirish;

- begona oʻt bosgan maydonlarni zudlik bilan tozalash, chopiq qilishni tashkil etish;

- begona oʻtdan tozalagandan soʻng, zudlik bilan chizel chuqurlagich bilan ishlov berish;

- shira-tripsga qarshi ishlov oʻtkazish va ikkinchi ishlov uchun har bir gektar maydonga 1000 dona оltinkoʻz hamda 1-1,5 gramm trixogramma foydali hashoratlarini chiqarish kerakligi boʻyicha topshiriqlar berildi.


❗️ Albatta, bu kabi agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi kelgusi hosildorlik rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.  




Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati







Report Page