Samarqand Litseyi
…“Samarqand litseyi” loyihasi haqida qisqacha ma’lumot:
“Samarqand litseyi” loyihasi “Malika Education” o’quv markazi hamda “Samarkand International School” xususiy maktabi hamkoligida tashkil qilingan.
Ushbu loyihaga Respublikaning barcha davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 8-9-10 sinf o’quvchilari ishtirok etishi mumkin.
“Samarqand litseyi” loyihasiga o’quvchilar tanlov asosida quyidagi yo’nalishlarda qabul qilinadi.
Huquq+ Ingliz tili
Tarix+Geografiya
Tarix+Ingliz tili
Biologiya+Kimyo
Biologiya+Ona tili
Matematika+Fizika
Matematika+Ingliz tili
Matematika+Kimyo
Ingliz tili +Ona tili
Ingliz tili+Rus tili
Yuqoridagi yo’nalishlar bo’yicha qabul qilingan o’quvchilar kelajakdagi tanlagan mutaxassisliklari bo’yicha maxsus variativ sinflarda tayyorgarlik ko’rishadi.
Loyiha uchun har bir yo’nalishdan 100 nafar o’quvchidan 1 tadan, jami 10 ta 100 % lik, 10 ta 50 % lik, hamda qo’shimcha 30-20 % lik 20 ta o’rin ajratilgan!
Bundan tashqari imtihonsiz to’g’ridan-to’g’ridan grantlar mavjud bo’lib, quyidagi sertifikatga ega bo’lgan o’quvchilar qabul qilinadi.
• IELTS 8.0 va undan yuqori o’quvchilar
• Umumta’lim fanini bilish darajasi to’g’risidagi yo’nalishlariga mos har ikki fandan A yoki A+ (Ingliz tilidan C1) sertifikati bor o’quvchilar.
Sinov imtihonlarida yo’nalishlarga mos fanlardan 30 tadan jami 60 ta savol beriladi. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan sertfikatlariga belgilangan ballar avtomatik ravishda qo’shiladi. Buning uchun o’quvchi imtihongacha sertifikatlarini original nusxasini taqdim etishi shart.
Loyihaga ishtirok etgan eng faol maktab va ustozlar quyidagicha taqdirlanadi.
Eng faol maktab 150 dona kitoblar jamlanmasi
Eng faol ustoz Notebook
Eslatma: Eng faol degan maktabga nisbatan eng kamida 100 nafar, ustozga nisbatan 30 nafar o’quvchi nazarda tutilgan.
Loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul.
Tanlov ushun test imtihonlari 11 may kuni Kattaqo’rg’on shahrida Malika education o’quv markazida bo’lib o’tadi
Ro’yxatga olishning so’nggi sanasi 30-aprel soat 23:00 ga qadar.