Samarqand: Eshkak eshish kanali atrofida turistik markaz quriladi

Samarqand: Eshkak eshish kanali atrofida turistik markaz quriladi

UTS

Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali atrofida turistik maskan yaratiladi. Turistik markaz ikki hududdan iborat bo‘lishi rejalashtirilmoqda.



Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali atrofida, 360 gektar maydonni egallagan hududda bugun qurilish ishlari boshlandi. Bugun boshlangan qurilish ishlarini 2021-yil oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilgan.


Turistik markaz ikki hududdan iborat

Loyiha qurilishiga mas’ul Timur Soyning ma’lum qilishicha, turistik markaz ikki hududdan iborat bo‘ladi. Ya’ni eshkak eshish kanalining shimoliy hududida zamonaviy anjumanlar saroyi, ikkita besh yulduzli, ikkita to‘rt yulduzli mehmonxona va boshqa inshootlar quriladi. Mazkur hudud – markazning biznes hududi hisoblanadi.


Shimoliy hudud esa ichki turizm uchun mo‘ljallanib, bu yerda ham oltita mehmonxona, akvapark, sport inshootlari, restoran va kafelar, milliy mahsulotlar bilan savdo qiluvchi nutqalar bunyod etiladi. Muhimi, mazkur hududda dendra park tashkil etiladi va bu yerda mahalliy aholining oilaviy kelib hordiq chiqarishi uchun imkoniyat yaratiladi. Hududda bir vaqtning o‘zida uch ming kishi dam olishi mumkin bo‘ladi.



Markazda veloyo‘lak ham bo‘ladi

Sayyohlik markazi hududidagi yo‘llar asosan elektromobillar qatnoviga mo‘ljallanadi. Shuningdek, veloyo‘lak, piyoda sayr qilish uchun yo‘laklar tashkil etiladi.

Yangi markaz qurilishi davomida eshkak eshish kanalining tabiiy shart-sharoiti va imkoniyatlari saqlab qolingan holda yirik xalqaro musobaqalar o‘tkazish uchun yanada qulay, zamon talablariga mos qulayliklar yaratiladi.





Manba:togri.uz


Report Page