Salmon Rushdiy

Salmon Rushdiy


Salmon Rushdiy- to'liq ismi Sir Ahmad Salmon Rushdiy, 1947-yil 19-iyunda Bombey (hozirgi Mumbay) shahrida tug'ilgan, asli hind bo'lgan ingliz yozuvchisi o'zining allegorik (kinoyaviy) romanlarida syurreal obrazlar, qo'pol hazillar, effuziv hamda melodramatik nasr uslublarini tarixiy hamda falsafiy mavzular orqali yoritgan. Salmon Rushdiyning diniy hamda siyosiy mavzularga o'ta nozik yondashuvi uni ziddiyatli shaxsga aylantirdi.

Rushdiy hindistonlik badavlat musulmonning o'g'li edi. U Regbi maktabi va Kembrij universitetida tahsil olgan, u yerda 1968-yilda tarix bo'yicha M.A (Master of Art) darajasiga ega bo'lgan. 1970-yillarning ko'p qismida u Londonda oddiy reklama kopirayteri sifatida faoliyat yuritgan. Uning birinchi nashr etilgan "Grimus" romani 1975-yilda paydo bo'lgan. Rushdiyning navbatdagi romani, "Midningt's children" ("Yarimkecha bolalari'', 1981), zamonaviy Hindiston haqidagi ertak, kutilmagan tanqidiy va ommaviy mashhurlik uni xalqaro miqyosda tanilishiga olib keldi. Ushbu asar Buyuk Britaniyada 2003-yilda o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra barcha davrlarning eng yaxshi 200 kitobi ro'yxatiga kirirtilgan. Pokistondagi zamonaviy siyosatga asoslangan "Shame" ("Sharmandalik", 1983) romani ham ancha mashhur hisoblanadi.


"Shayton oyatlari" va o'lim fatvosi

Rushdiyning to'rtinchi romani "The Satanic Verses" ("Shaytoniy oyatlar") asari Islom olamida janjallarga sabab bo'ldi. Ushbu kitobdagi ba'zi sarguzashtlar Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga taqlid qilgan personajni hamda uning "Qur'oni karim" dagi transkripsiyasini tasvirlaydi. 1988-yil yozida roman nashr etilganidan so'ng, Britaniyadagi musulmon jamoat rahbarlarining jiddiy tanqidlariga uchraydi hamda ular romanni kufr deb qoralaydi. Kitobga qarshi ommaviy namoyishlar 1989-yil yanvarida Pokistonga ham yetib keladi. 1989-yil 14-fevralda inqilobiy Eronning oyatullohi Ruhulloh Humayniy Rushdiyga nisbatan o'lim fatvosini chiqaradi. Rushdiy Skotland Yard himoyasi ostida uzoq yillar yashirinishga majbur bo'ladi. U boshqa o'lkalarda kutilmagan tarzda ko'rinishlar bergan bo'lsada, harakatlarini anchagina qisqartirishiga va yashirishga to'g'ri keladi. Ushbu asar nafaqat Rushdiyning hayotini balki, juda ko'plab chet elda o'qiydigan musulmon yoshlarining taqdiriga o'z ta'sirini o'tkazadi. Ushbu maqolada bu haqida batafsilroq o'qishingiz mumkin. https://www.bbc.com/uzbek/world-47343154


Kitobga qarshi noroziliklarni tasavvur qilish uchun videoning 2:23 daqiqasiga ko'rishingiz yetarli. Inglizchani bilsangiz,oxirigacha ko'ring!

Fatvodan keyingi ijod

O'lim tahdidiga qaramay, Rushdiy yozishni davom ettirdi hamda 1991-yilda "Imaginary Homelands" ("Tasavvuriy Vatanlar" ), insholar va tanqidlar to'plamini yaratdi; bolalarning "Haroun and the Sea of Stories"(Horun va hikoyalar dengizi) nomli romani (1990); "East,West"( Sharq, G'arb, 1994) va "The Moor’s Last Sigh" (Murning so'nggi nafasi) romani (1995). 1998-yilda, taxminan o'n yildan so'ng, Eron hukumati endi Rushdiyga qarshi fatvosini bajarishga intilmasligini e'lon qildi.

Odatiy hayotiga qaytganidan so'ng, Rushdiy "The Ground Beneath Her Feet (1999)"(Oyog'imiz ostidagi zamin) hamda "Fury'' (G'azab, 2001)) asarlarini nashr ettirdi.

Rushdiyning 1992-2002-yillar orasida yozilgan, AQShdagi 11-sentabr voqealaridan tortib "The Wizard of Oz" (Oz shahrining sehrgari) gacha bo'lgan mavzularni yoritgan "Step Across This Line" (Sahro orqali shu yo'nalish bo'ylab ) esselar to'plamini 2002-yilda nashrdan chiqardi.

Rushdiyning keyingi romanlari orasida "Shalimar the Clown" (Masxaraboz Shalimar, 2005) asari Hindiston yarim orolining bahsli Kashmir mintaqasida tashkil etilgan terroristik aktlarni o'zida yoritgani bilan ajralib turadi. Asarda o'ta mutaasib bir mulla terrorchiga aylantirgan kashmirlik bolaning taqdiri haqida so'z boradi. "The Enchantress of Florence" (Florensiya sehrgarlari) asari XVI asrda Hindistonda hukmron bo'lgan Akbarshoh saroyidagi hayoliy voqealar asosida yozilgan.

"The Golden House" (Oltin uy,2017) asarida Rushdiy amerikaga ko'chib kelgan boy hind oila hayotini tadqiq etadi. Uning keyingi romani "Quichotte" (2019), Servantesning "Don Kixot" romanidan ilhomlanib yozilgan."Ikki yil, sakkiz oy hamda yigirma sakkiz kecha " (Two Years Eight Months and Twenty-Eight Nights ,2015) - insoniyat dunyosini jin sifatida tanish bo‘lgan arab mifologik figuralaridan ajratib turuvchi mato yirtig‘idan kelib chiqadigan tartibsizlikni tasvirlaydi. Xalqchil kinoyalardan foydalangan holda "Ming bir kecha" qissasi o‘zida inson tasavvurotini tarannum etuvchi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan hikoyalar silsilasini aks ettiradi.


Salmon Rushdiyning shaxsiy hayot sahifalari

Rushdiy to'rt bora oila qurgan. 1976-1987 yillarda birinchi rafiqasi Klarissa Luard bilan turmush qurgan va ularning Zafar (1979-yilda tug'ilgan) ismli o'g'li bo'lgan. U 80-yillarning o'rtalarida avstraliyalik yozuvchi Robin Devidson(ishqiy munosabatlar) tufayli xotinini tashlab ketadi. 1987-yilda Rushdiy Klarissa Luard bilan rasman ajrashadi. Uning ikkinchi rafiqasi amerikalik yozuvchi Marianne Viggins bilan 1988-yilda turmush qurgan va 1993-yilda u bilan ham ajrashgan. Uchinchi rafiqasi 1997-yildan to 2004-yilgacha Elizabet Uest edi; ularning Milan (1997-yilda tug'ilgan)ismli o'g'li bor. 2004-yilda esa Rushdiy aktrisa, model va Amerikaning Top Chef realiti-televizion shousi boshlovchisi,hindu amerikalik Padma Lakshmiga uylandi. Nikoh 2007-yil 2-iyulda tugadi.

1999-yilda Rushdiy ko'zni osiltirib qo'yuvchi ptozis kasalligini bartaraf etish maqsadida operatsiyani boshidan o'tkazadi. Shunday bo'lsada yozuvchi endi ko'zlarini ochishi ancha qiyinlashgandi. "Agar o'sha paytda operatsiya qildirmaganimda, hozir ko'zlarimni umuman ocholmas edim",- deydi Rushdiy.

Salmon Rushdiyga bo'lgan e'tiroflar

Rushdiy "Midningt's children" ("Yarimkecha bolalari'',1981) romani uchun 1981-yilda Booker mukofotini qo'lga kiritgan. Ushbu roman yana birin ketin Rushdiyga "The Booker of Bookers"(1993) va "The Best of the Booker"(2008) mukofotlarni taqdim etdi. Ayniqsa, ushbu mukofotlarning 25 va 40 yillik yubileylarida aynan Rushdiyning asarlariga ovoz berilgani Rushdiyga bo'lgan e'tirofning yana bir aksidir.

2007-yilda Qirolicha Yelizavetta II Salmon Rushdiyga Britaniya Ritsari unvonini berdi. Bunga nisbatan Eron va Pokiston hukumati tanqidiy fikrlar bilan munosabat bildirgan.

Quyida Salmon Rushdiyning mukofotlarini keltiramiz:

Aristeion Prize (Yevropa ittifoqi), Commandeur de l'Ordre des Arts et des Lettres (France), Germaniya hamda Buyuk Britaniyada Yil avtori(Author of the year), Golden PEN Award mukofoti, Hans Christian Andersen Literature Award(H.K.Andersen adabiyoti mukofoti,2014), Norman Mailer Prize (USA), Jeyms Joys mukofoti( Dublin universiteti va kolleji), bundan tashqari, Avliyo Luis universiteti, Garvard universiteti(Outstanding Lifetime Achievement in Cultural Humanism), Massachusets Texnologiyalar institiuti (Honorary Professorship) hamda Chapman universitetida (Doctor of Humane Letters) nufuzli mukofotlarni qo'lga kiritgan.


Salmon Rushdiydan iqtiboslar


Salmon Rushdiy "In good faith" asaridan.

Fikr bildirish erkinligi nima o'zi? Ranjitish erkinligisiz u mavjud bo'lishdan to'xtaydi.


Salmon Rushdiy "In good faith" asaridan

Kitob-dunyoning o'zgacha bir talqinidir. Agar senga kitob yoqmasa, e'tiborsiz qoldir. Yo bo'lmasam o'z talqining bilan javob qaytar.


Salmon Rushdiy "Shayton oyatlari" asaridan 1989-yil.

Til -bu jasoratdir. Fikrni tasavvur qila olish,uni gapirish va shu orqali fikrni ro'yobga chiqara olish qobilyatidir.


Salmon Rushdiy

O'zingni ozod qil, chunki boshqa hech kim seni ozod qilmoqchi emas!



Dinga nisbatan hurmat dindan qo'rquv atamasini ifodalovchi kalit so'zga aylangandi. Dinlar boshqa g'oyalar kabi tanqid, satira va ha, bizning qo'rqmas hurmatsizligimizni o'ziga o'zi orttirib olgandi.

Xulosa o'rnida

Rushdiyning o'zbek tiliga o'girilgan "Dunyozot" hikoyasini ushbu link orqali o'qishingiz mumkin.

Inson o'zi uchun nima yaxshi yoki yomonligini o'zi belgilashi kerak deb hisoblayman. Salmon Rushdiy hayoti haqida o'zbek tilida ma'lumotlar berishga harakat qildik. Uning qarashlari, kitoblari va hayoti haqidagi ma'lumotlar fakt sifatida berildi. Maqsad, sizni nimagadir fikrlashga undash! Salmon Rushdiyni o'zingiz o'chun yaxshi yoki yomon tomonlarini aynan o'zingiz kashf etishingizni istagan bo'lardik. Zero, sizning shaxsiy qarashlaringizga daxl qilishga hech kimning haqqi yo'q!



"Minari" kanali uchun tayyorlandi.

Rasmlar manbasi: azquotes.com






Report Page