Safi haqida biroz :)

Safi haqida biroz :)

Lady Safi
(my own photography)

(Hamma kanalini ochgani zahoti o'zi haqida yozsa,men endi endi yozyapman shu joydanam bilaversangiz bo'ladi qanchalik o'zim haqimda yozishni yaxshi ko'rishimni.O'zimni tanishtirish mavzusida sal no'noqroqman buni oldindan aytay. Ya'ni hamma narsamni bir-biriga bog'lab birdaniga o'rtaga to'kolmayman. Shunga faktlar shaklida javob bermoqchiman bunga)

Okay,endi yaqindan tanishishga boshlasak ham bo'ladi...Kimni fikrlarini,kanalini kuzatishga axir haqqiz bor.

Some facts about me :)

İsmim: Mushtariybegim (faqat bu ismdan chiqib ketyapman, Safira ismini olyapman o'rniga, o'shanga moslab...)

Taxallusim: Lady Safi (bu ism ilhom beradi ko'proq)

Tug'ilgan kunim: Fevral,11

Yoshim: har yil o'zgaradi...(shunga bira to'la keyingi yil aytaman :)

Ta'lim: o'rta maktabni a'loga tugatganman. 2yil Univerni qoralab qoralab keyin bu yil fikrimni òzgartirdim,va Univerga topshirishga qaror berdim. 2haftacha tayyorgarlik bilan to'plagan ballim: 110.4 ! ko'p sevinmadim chunki men topshirgan joylarni balli juda baland edi. Keyin mandat javoblari talabalikka tavsiya qilinmaganimni ko'rsatdi(nu nimayam derdim,o'zlari yo'qotishadi),(tanlagan yo'nalishim: filology - english edi.)

Qiziqish doiram:

ruhiyat ilmi,

falsafa,

astrologiya,

metafizika,

nuerologiya,

chet tillari va adabiyoti,

filologiya(aynan chet tillari o'rganish&o'rgatish...)

duxovniy psixologiya(/so'fiyat)

Qobiliyat & talantlarim

San'at:

she'r yozaman,

blog yuritaman,

oddiy qora qalam, sketchlar,har xil turda rasmlar chizaman,

amator fotograflik qilaman,

fizikiy va digital*daftarimga har xil mavzularda sof o'z qarashlarim akslangan matnlar yozaman,

o'xshatib ashula aytolaman...(va boshqa sirli ya'ni aytishim shartmas bo'lgan boshqa talantlarim bor...)

chet tillari:

turk tili(B2,mustaqil o'rganganman), ingliz tili(B1,va rivojlanishda),

arab tili(kirish darajasi),

rus tili (kirish darajasi,mustaqil o'rganyapman)

bu

Tajribalarim

San'at:

Qalbimni tarjimalayman she'rlar orqali.

📌Mualliflik she'rlarim va textlarim: @Diarobysafi

Telegramda kanal yuritishni boshlaganimga rasman 3yil bo'ladi, keyingi yil yanvar. Keyin o'sha paytlar ochilgan kanallarim ma'lum sabablarga ko'ra o'chib ketgan. Eski qadrdonlarim bor bo'lsa bilishadi u yoqda ko'pincha ruhiyat ilmiga asoslanib postlar yozardim,marafonlar o'tkazardim.
Bu blogni ochganimga 9oy bo'lgan bo'lsa, o'sha 9oy ichida juda katta o'sdim sizlar bilan,va bu o'sish yo'limda tajribalarim,hayotimdan lahzaliklar,o'rganganlarimni bo'lishishdan buyuk zavq olyapman.
Niyatim: ongimni kengaytirishda yordam bergan texnika,kitoblar,fikrlarni va shaxsiy tajribalarimni o'zbek tilida yozib,ongi tayyor insonlar bilan ulashish.

📌Sharing is caring: @SafisBlog

Esimni tanir tanimas rasm chizishga talantim borligini sezganman.Hech kim o'rgatmagan sketch,rasm chizish usullarini, ko'rib yoki o'zim kimgadir taqlid qilib o'rganmaganman. Shundoq rasmni olib copy paste*qilolaman. Qaniydi eski eskizlarimni ko'rstolsam... Hatto eslayman hozir yashayotgan uyimizni eskizini chizgandim,6yosh paytim bitta 12varoqli daftarimga, o'sha paytlar orzum edi rasm daftarga,qora qalam bilan rasm chizish... Faqat ko'p ko'chganimiz uchun ko'pchilik u daftarlarim yo'qolib ketgan.

Bu ko'rib turganlariz sketchbookimdagi eng sevimli sketchlarimdan:

Havaskor fotograflik qilaman 3yildan beri.Avvallari o'zim uchun olardim faqat fotolarni,keyin arxivlab qòyardim. Endi endi bo'lishishni boshlayapman,u rasmlarni s-mediada.

Pastdagi fotolar İstanbulga sayohat qilgan vaqtlarimda olingan:

*Sokak kedisi


*Fatih Duman, "Sir"
*Aya Sophia mosque
Olgan rasmlarimni pinterest page*imdan yuklab olishiz mumkin,xohlaysiz. Faqat follow qilish va qayergadir joylaseyiz kanalimni( @SafisBlog) linkini joylash sharti bilan.(Bo'masa rozimasman.Keyin ubu joyiz og'rib,vijdoniz tinchlik bermay uxlatmay chiqsa mandan ko'rmen albatta agar bo'lsa:)

📌Her pinterest: @lady_safi9

uni
Bu yerda faqat o'zimman. Aqlli gap yo'q,faqat borimchaman. Bir gap bilan kayfiyatim yuritadigan kanalim👇🏻

📌Hers: Safi

📌Ba'zi karaoke*larim, eshitadigan qo'shiqlarim, va ovozli aytibergan hikoyalarim: @Safisaudio_room da


Chet tillari:

Ingliz tili (B1) maktab paytimdan beri o'raganaman. Faqat maqsadsiz edi shunchaki qiziqishdan sevganimdan o'rganardim. Lekin endi maqsadli o'rganyapman. Hozirga kelib bemalol o'qib eshitib tushunolaman,yozolaman,gapirolaman. Hozirda Univerda,filologiya yo'nalishida o'qish uchun tayyorlanyapman. Ingliz tilidan darajamni 2level ko'tarishni niyat qilganman,va bu maqsadda hozirda self-disipline bilan study qilyapman.

📌Bu kanalda esa har xil free lessonlardan olgan note*larimni,foydali materiallarni,kanallarni bo'lishaman: @studywithsafi

Turk tili(B2) mustaqil shunchaki sevganimdan, qiziqib o'rganganman. Hech qayerdan grammatika darslari olmasdan oddiy chapani usulda eshitib,yozib,o'qib,gapirib o'rganganman. Osonmi? O'zbek tilini skeletini,uslubiyatini bilganga ha! (ya'ni menga qiyin bo'lmadi o'rganish) Qiziqqan,sevgan imkon ham topadi sharoit ham yaratadi.

📌Faqat turk tilida yuritadigan sahifam: @maviihisler

Arab tili(kirish rajasi) faqat boshlang'ich ma'lumotlarga egaman. Hilal arabic academiyasida o'qishni boshlaganman. Hozirda vaqginchalikka to'xtatib turibman.Hozir diqqatim faqat ingliz tilida. Yangi yildan davom qilishni rejalashtirganman lekin.

📌Energiyasi yumshoq lekin juda kuchli arabic ustozimni telegrami: @ustozmuhammad

Rus tili(kirish darajasi,endi boshladim) boshlang'ich ma'lumotlarga egaman,lekin qat'iy ravishda hali kirishib o'qishni boshlamadim.Hozircha dars planim bor. Rus tili o'rganishdagi motivatsiyam: u tildagi kitoblarni bemalol tushunib òqish va Elchin Safarliga va Sapfiriyaga xat yozish. Hali boshlaganimda, rus tilidayam kanal ochaman.(0 dan protsesslarim bilan bo'lishaman,faqat ruscha yozib.)

📌Rus tilidan energiyamga tushadigan ustozimni instagrami: @zamirarussian


Shaxsiy rivoj:

Online kurslar:

3yil davomida 10+ kurslarda o'qidim, duxovniy psixologiya - ruhiyat ilmi,inson ongini o'rganish,kengaytirish bo'yicha. Ya'ni siz menda nimadir ko'rayotgan bo'lsangiz,bu natijani orqasida katta mehnat bor.

📌Asosiy ustozim: @Dee_Hanim


Online marafon & webinarlar:

O'nggi 3yil ichida miya tili, oson va tez chet tili o'rganish,xotirani rivojlantirish va boshqa self-growth mavzulari bo'yicha umumiy 10dan ortiq marafon & webinarlarda qatnashdim. Va sezilarli darajada natijalarga erishdim u marafonlardagi,webinarlardagi texnikalarni ishlatib. (To'g'ri maqsad-reja yozishlarni masalan u yerda o'rganganman, bu haqida alohida kanalda yozganman, mundarijadan topib òqisayiz bòladi.)

📌Ustozim: Davronbek_Turdiyev


Youtube - online maktabim

2ta chet tilini bemalol tushunolganim uchun qiziqish doiramdan kelib chiqib foydali sifatli contentlar tomosha qilishim,darslar qidirib topib, o'qishim o'ta oson. Youtube'dagi ko'plab videolar siz ko'rib turgan iqtidorlarimni shakllantirishimda,qiziqqan mavzularimda atroflicha ma'lumotlarga erishishimda katta yordam bergan.
(Kuzatadigan youtuberlarimni ba'zilarini listini qoldirganman, qidirib topsangiz bo'ladi.) Juda ko'p tomonlama yordam olaman youtube'dagilardan. Yozsam ado qilolmaydigan darajada ko'p online darslar olganman,har xil meni qiynagan mavzularda. (Chet tili o'rganish mana nima uchun muhim. Hech narsa qilmasangiz ham biron chet tili o'rganing!)

Kitoblar:

Blogimni uzoq vaqtdan beri kuzatayotganlar biladi, ja unchalik kitobxon emasman. Kitob o'qish odatini shakllantiryotganimga ko'p bo'lmadi. Atigi 9 oy bo'lyapti. O'qigan kitoblarim ham unchalik ko'p emas chunki odatda bitta zo'r kitobni sifatli qilib 2marta o'qishni avfzal ko'raman. Odatda turk tilida o'qiyman kitoblarni. ( Qiziqish doiramdan kelib chiqqan va self improvement* uchun foydali kitoblarni turk tilida topaman kòpincha.)
Avgustdan "klassik romanlar o'qish" challenge*i e'lon qilganman òzimga va hozirgacha 200+betli romanlardan 3-4tasini tugatganman.Kitob o'qishdan zavq olishni boshlaganimdan beri qanday 80-100betni bir o'tirishda òqib tugatganimni bilmay qolaman,lekin kezi kelsa zerikkanim zahoti to'xtataman o'qishni(ya'ni òzimni majburlash yo'q). Va hozirda o'sha mashhur bestseller "Atomic Habits"ni turk tilidagisini òqib tugatish arafasidaman.(Bu haqida review yozishni reja qilganman, o'qib tugatganim zahoti deyolmayman, aytilgan texnikalarni tajribamdan o'tkazib ko'ray keyin.)

Ha bu orada, balki qiziqdir:

Oilada ilk farzandman.(Balki shundan ma'suliyat degan narsani ta'mini juda kichik paytimdan tajriblashga majbur qolganman.)
Turkiyada 3+oy yashab kelganman.(Oilaviy masalalar...)
Muqaddam sudlanmaganman. ^^
Va bu yaqin 2-3yillik uchun oila qurish rejamda yo'q.(turmush qurish mavzusi haqida balki bir kun yozarman)

Xullas,bir gap bilan Safi -


Bu sayohatimda men bilan birga ekanligingizdan faqat xursandman!

Oxirigacha erinmay o'qigangiz,vaqtingiz uchun rahmat!

p.s: bilasiz kanalimga faqat omadli tanlangan insonlar qo'shiloladi,siz hozir bu kanalda ekanligingizga ko'ra siz ham omadli tanlangansiz!

O'zizga yaxshi qaren,omadligim!


lots of love,

Report Page