SZK Futbol

SZK Futbol


SZKda tashkil etilayotgan musobaqa maqsadi klub bilimdonlarining vaqtini yanada mazmunli o‘tkazishga yordam berish, o‘zaro hamjihatlikni shakllantirish, do‘stona muhit yaratish va albatta sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir!


Musobaqada faqat SZK a'zolari ishtirok etishi mumkin

(O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar, Talabalar ligasi jamoalari, 1-liga va professional liga jamoalari)


✅Har bir jamoa tarkibi kamida 6, ko‘pi bilan esa 8 nafardan iborat bo‘lishi lozim;


✅O‘yinlar haftaning ma'lum bir kunida o‘tkaziladi;

(Aynan qaysi kun ekanligi keyinroq e'lon qilinadi)


✅Ro‘yxatdan o‘tgan jamoalarga qo‘yiladigan yagona talab: jamoaning barcha a'zosi o‘yinlarda bir xil rangli sport formalarida bo‘lishi shart;


✅Musobaqa davomida har bir bahs oldidan boshlang‘ich tarkiblar e'lon qilib boriladi.

Bundan tashqari

"O'yinning eng yaxshi futbolchisi"

"Tur goli"

"Tur darvozaboni"

"Turning ramziy jamoasi"

kabi yo‘nalishlar ham yoritib boriladi.


✅Ketma-ket 2 turni o‘tkazib yuborgan har qanday jamoa turnirdan chetlatiladi;


✅Har ikki oy oralig'ida transfer oynasi ochilib, bilimdonlarga jamoasini almashtirish imkoniyati beriladi;


✅Bir bilimdon faqatgina bir jamoa tarkibida o‘ynay oladi;


✅Biror turni o‘tkazib yuboradigan jamoa bu haqida raqib jamoani kamida 2 soat oldin ogohlantirib qo‘yishi zarur bo‘ladi;


✅Turni o‘tkazib yuboradigan jamoada asosli sabablar bo‘lmasa, jamoaga texnik mag‘lubiyat yoziladi;


Musobaqa davomida o‘zaro hurmat, sog‘lom raqobat, do‘stona munosabatlar tamoyili asosiy o‘rinda bo‘lishini istaymiz!


Ushbu qoidalarda nazarda tutilmagan holatlar yuz berganda klub bilimdonlari o‘zaro kelishgan holda qaror qabul qilishi ko‘zda tutilgan.

Report Page