SV

SV


Tadbir davomida yo‘lovchi tashish sohasida xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, jamoat tartibini saqlash, turli noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, sohada mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, harakat ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, transport vositalaridan belgilangan tartibda foydalanish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan tadbirkorlik obyektlarini zamonaviy qo‘riqlash vositalariga ulashning afzalliklari yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borildi. Targ‘ibot davomida qo‘riqlash xizmati orqali mol-mulk xavfsizligini ta’minlash, turli jinoyat va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, favqulodda vaziyatlarda tezkor choralar ko‘rish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Report Page