SURXON BAXSHICHILIK SA'NATINING YETUK NAMOYONDASI 80-YOSHDA
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limiQiziriq tumanida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi, tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi Madaniyat uyida O‘zbekiston xalq baxshisi, Surxondaryo baxshichilik sa'natining yetuk vakili Xo‘shboq Mardonaqulovning 80 yillik yubileyi keng nishonlandi.
Unda O‘zbekiston xalq baxshilari, Respublika Ma’aviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi xodimlari, OAV vakillari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni tuman hokimi R.Pardayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shuningdek, Respublika Ma’aviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari N.Rahmatullayeva so‘zga chiqib, X.Mardonaqulovning hayot yo‘llari va bosib o‘tgan ijodiy faoliyati nafaqat Surxon vohasida, balki mamlakatimiz miqyosidagi ko‘pchilik baxshilar uchun namuna vazifasini o‘tab kelishini ta’kidladi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan “Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” turkumiga kiruvchi dostonlarni O‘zbekiston xalq bahshisi Xo‘shboq Mardonaqulovdan yozib olinib nashrdan chiqarildi. Bular jumlasiga “Sherna bahshi uning avlodlari”, “Zarkokil va Nurali”, “Soqibulbul” kabi dostonlarni misol keltirish mumkin.
Aytish kerakki, O‘zbekiston xalq baxshisi X.Mardonaqulovning bugungi kungacha 10 ga yaqin kitoblari chop etilgan, "Alpomish" dostoni uning ijodida alohida oʻrin tutadi. Bu dostonning oʻzbek xalq dostonchilaridan yozib olingan 40 ga yaqin variantlari orasida badiiy jihatdan eng mukammal variantlaridan biri hisoblanadi.
Darhaqiqat, X.Mardonaqulovning Surxon baxshichilik san'ati ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi, zahmatli mehnatlari keng jamoatchilikning xususan yoshlar ma’naviyatining yuksaltirishda katta xizmat qiladi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi Axborot xizmati