SULTON VAYS BOBO MADANIY MAJMUASI

SULTON VAYS BOBO MADANIY MAJMUASI

Turizmni rivojlantirish instituti

Sultonuiz tog' tizmasining janubiy yonbag'rida Sulton Uvays Boboning mashhur madaniyat markazi joylashgan.

U Qoraqalpog'iston markazidan 110 km uzoqlikda joylashgan. Bu joy Yamandan kelgan musulmon dunyosidagi eng taniqli avliyolardan biri, Muhammad payg'ambarning zamondoshi ammo Payg'ambar bilan hech qachon uchrashmagan Uvaysa al-Qarani (Vaisa al-Qarani) sharafiga barpo etilgan. Ammo Xorazmda Sulton-bobo deb atalgan Uvays al-Qaraniy u bilan ma'naviy-mistik jixatdan bog’liq bo’lgan.

So'fizmning mashhur avliyosi Sulton Uvays Boboning maqbarasi uning sharafiga nomlangan - Sulton Vayss Dag’ nomidagi tog' tizmasining janubiy etaklarida joylashgan. Maqbara ulkan qabriston bilan o'ralgan. Tog'ning yuqori qismida mahalliy yoshi ulug'lar aytganidek, Sultonning oyoqlari va tizzalarining izlari bo'lgan muqaddas joy bor.

Maqbarani ziyorat qilgandan so'ng, odamlar odatda tog'li hududning tepasida maqbaradan 3 km uzoqlikda joylashgan muqaddas joyga borishadi. Maqbara tashqi me'moriy dizayni juda bezaksiz oddiy ko'rinadi. Unda aynan shu hududda tug'ilib yashagan Sulton Bobo yoki Sulton Vayss nomi bilan tanilgan so'fiy avliyoning qabri bor deb ishoniladi. Biroq, islom dunyosida u Sulton Uvays al-Qarani sifatida tanilgan, bu esa haqiqiy arablarga xos bo’lgsn nomlanish sifatida tan olinadi.

Tarixiy manbalardan ma'lumki, uning to'liq ismi Sayyidin Uvvays ibn Amir al-Qaroniy bo'lgan va u oddiy tuya boquvchisi bo'lgan. U Yamanning Qoran qishlog'idan bo'lgan. U Muhammad payg'ambarning zamondoshi bo'lgan va ba'zi islomiy doiralarda islomiy so'fiylik harakatining asoschilaridan biri bo'lgan deb taxmin qilinadi. Dastlabki islomiy yozuvlarda Uvays al-Qaroni Yamanda yashab, payg'ambarning ta'limotlarini qabul qilgani va dindor musulmonga aylangani haqida juda ko'p ma'lumotlar uchraydi. Unda Madinaga borib payg'ambar Muhammad bilan uchrashish istagi bo'lgan, lekin ko'zi ojiz bo'lgan onasi unga faqatgina payg'ambarning uyiga yetib borishi bilan darhol ortga qaytishga ruxsat bergan. Uch oylik yo'ldan so’ng u Madinaga yetib bordi va afsuski u borganida payg’ambar uyda yo’q edi. U va'dasida turib, maqsadiga erishmasdan Yamanga qaytib keldi.

Uvays hech qachon haqiqatan ham Muhammad (s.a.v.) payg'ambar bilan uchrashmaganiga qaramay, u Payg'ambarning tez-tez unga murojaat qilganini his qilib turgan, hatto u payg’ambarning u haqidagi quyidagi gaplarini eslab o’tgan: "Men Yamandan menga rahmdilning kelayotganini his qilyapman". Hatto payg’ambar (Muhammad s.a.v.) 632 yilda vafot etishidan biroz oldin, o’zining eng yaqin ikki sahobasiga: Umar (keyinchalik u ikkinchi xalifa bo'lgan) va Aliga (payg'ambarning qizi Fotimaning turmush o'rtog'i) o’zining yaktagini (to’nini) berib, Yamandagi Uvaysga berishlarini buyurgan. Uvais al-Qaranining biror bir jismoniy yoki moddiy ta’limot, tilsimga ega bo’lmasada, islomiy e'tiqodga ruhiy tashabbusi tufayli, avliyo sifatida tan olingan va o’sha davrlardan beri imonlilar uni hurmat qilib kelmoqdalar. "Uvays aloqasi" deb nomlangan ma'naviy tajribalarni tushunish va tushuntirish uchun dastlabki namuna shaklga aylandi, unda shogird, ehtimol vafot etgan imom yoki shayxdan boshlang'ich ilmlarni ruhiy tarzda qabul qiladi. Ko'p odamlar Sulton Uvaisni So'fiylikning O'rta Osiyodagi elchisi deb atashadi va ushbu tasavvuf maktabini bugungi kunda Maktab Tariqat Ovayssa Shahmaqsudi yoki "Uvays yo'li maktabi" bayrog'i ostida mavjud bo'lib kelmoqda.

Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Uvays 656/657 yilda vafot etgan. Uvays al-Qaroniyning jasadi aslida uning nomi bilan ataladigan tog'larda ko'milgan deb aniq aytish mumkin emas. Afsuski, qabr tadqiqotchilar tomonidan o'rganilmagan. Uмays al-Qarani bilan bog'liq bo'lgan qabrlarni uchta joyda ko'rish mumkin edi: Suriyada - Damashq va Raqqada - va Yamanda. Shuningdek, ramziy qabr Tojikistonda Xovalingda joylashgan.

1988-yilda Suriyaning Raqqa shahridagi Uvays qabri yonida ziyoratgoh majmua qurildi va ochilish marosimida Eron va Suriya rahbarlari ishtirok etishdi. Ammo afsuski 2014-yil 23-iyun kuni uning qabri IShID jangarilari tomonidan majmua shialar ziyoratgohi sifatida portlatilgan.

Afsonalarda 7 ta dafn etilgan joy haqida gap boradi va go’yoki ularning har birida uning jasadi bordek. Ko'plab afsonalar Uvays al-Qarani nomi bilan bog'liq. Afsonalardan biriga ko'ra, xalifa unga kiyim sovg'a qiladi, u tosh olib, boshini ura boshlaydi va Allohdan gunohkorlarning ruhlarining hech bo'lmaganda bir qismini berishini talab qildi. Boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Payg'ambarimiz (s.a.v.) ning tishi tushganida, u g'amdan 32 tishini ham o’zi urib sindirgan ekan.Uvays al-Qarani ko'plab mamlakatlarda hurmatga sazovor bo'lib keladi, hatto u haqida juda ko'p mashhur afsona va rivoyatlar mavjud. Uzoq vaqt davomida ba'zi sharqiy mamlakatlarda uni tuya haydovchilarining(tuyakash) homiysi sifatida hurmat qilib kelishgan.

Hozirgi maqbaraning paydo bo'lishining asosiy ildizlari, ehtimol, milodiy IX asr atrofida O'rta Osiyoda so'fiylik harakati paydo bo'lgan davrga borib taqaladi. Arxeologik ishlar natijasida topilgan sopol topilmalari bu joy X asrning ikkinchi yarmida to'liq rivojlanganligini ko'rsatadi.

Biroq, maqbara binosining me'moriy uslubi, uning taxminan XVII-XIX asrlar oralig'ida qurilganligini anglatadi. 1920-30-yillarda bu joy Markaziy Osiyodagi eng muqaddas joy sifatida qadrlanib, ziyoratchilar orasida juda mashhur bo'lgan. Sovet Ittifoqi yillarida ateistik targ'ibot tufayli maqbara rasmiy ravishda yopildi. Faqatgina O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng, uning mashhurligi yana o'sishni boshladi.

Maqbara kirish qismida katta to'rtburchak shakldagi suv saqlanadigan hovuz mavjud bo’lib, unda suv asosan yer osti buloqlari(chashmalari)dan oqib o'tadi. Sovet Ittifoq davrida ham ushbu hovuz juda mashhur bo’lgan, tosh ariqlardan suv doimiy tarzda oqib turgan, toshloq ariqlarda muqaddas baliqlar suzib yurgan. Mahalliy aholi va barcha ziyoratchilar ushbu buloq suvida cho'milishni o'zlari uchun katta sharaf deb bilishadi. Ommabop e'tiqodlarga ko'ra, Sulton Uvays bu joylarda cho'pon bo'lib xizmat qilgan va uning oyog'i bosilgan joydan yer ostidan chashma(buloq) otilib chiqqan, bu uning muqaddasligini tasdiqlaydi. Maqbaraning asosiy binosi bo’lmish hovli oqartirilgan sariq pishgan g'ishtdan qurilgan. Maqbara o'zi va uning qarshisida joylashgan masjid to'rtburchak sirlanmagan keramik plitalar bilan qoplangan gumbazlar bilan bezatilgan. Ikkala bino ham kichik ayvon ichida joylashgan.

Majmuani har tomondan tepaliklar atrofida qator qilib tizilgan qabr toshlar bilan to’lgan, ulkan qabriston o'rab turadi. Qoraqalpoqlar odatda oddiy qabristonlarni "Avliyo" deb atashadi, ammo muqaddas joy bo'lgani uchun bu joyni mozor deb nomlashgan.

Sultonning izi. Tog' oldi massivining yuqori qismida bir qancha mayda chuqurliklar joylashgan bo'lib, ular mahalliy odamlarning taxminiga ko'ra Sulton Boboning oyoqlari va tizzalarining izlaridir.

Bu yerda avtoulovlarni to'xtash joyi uchun ochiq maydoncha tashkil etilgan, maydon bo’ylab turli xil taqinchoqlar va boshqa diniy atributlarni sotadigan savdogarlar uchun rastalari mavjud. Toshloq tepalikga boradigan yuqori yo'l bo'ylab toshlarga o’rab ketilgan tugunli matolarning chiziqlari bilan qoplangan maydonni ko’rish mumkin. Bunday marosimlar va qurbonliklar ziyoratchilar tomonidan turli xil orzu-umidlarining amalga oshishi uchun qilinadi, masalan - kasal odamning shifosini so'rab yoki pepsuhtlar(befarzand) ayollar farzand so'rab amalga oshiradilar.

Sulton Vays ziyoratgohi tarkibiga Chinor-bobo mozori kiradi. An'anaga ko'ra, ziyoratchilar avval ushbu mozorni ziyorat qiladilar, so'ngra Sulton Vays qabriga boradilar. Ushbu qoidaga amal qilinishiga sabab, Chinor-bobo, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra Sulton Vaysning ustozi (o'qituvchisi) bo’lganligidadir, boshqa bir ma’lumotlarga ko'ra – Chinor-bobo uning muazzini yoki Sartarashi, avliyoning sartaroshi ham bo’lgan bo’lishlari mumkin. Sulton Vays ustozini shunchalar hurmat qilganki, hatto vafotidan keyin uni ustozining oyog’i tomonida dafn etishlarini buyurgan edi. Shuning uchun Chinor-bobo mozori majmuaning yuqori qismida joylashgan bo'lib, ziyoratchilar avval uni ziyorat qilishadi. Sulton Vays maqbarasi uning pastgi qismida joylashgan.

Avliyo Chinor-bobo, ehtimol to'qima obraz bo'lgan bo’lishi ham mumkin, chunki "chinor" so'zi "chinor" degan ma'noni anglatadi, shunchaki taxallus bo'lishi mumkin. Umuman Chinor bobo shaxsiyatining mavjudligini tasdiqlovchi biografik ma'lumotlar yoki manbalar yo'q, ayniqsa uning avliyo bo’lganligi haqida.

Izlanuvchilar turli xil mahalliy rivoyatlarni tahlil qilib, ushbu hududda uchraydigan turli xil daraxtlarni maslan: chinor, jiyda, elishtirik (do'lana), gujum (Androsova qarag'ayi) kabi dararlarni odamlar ilohiylashtirib muqaddas kuchga ega deb ishonganliklarini aniqlaganlar. Va keying davrlarda islom dinining kirib kelishi va musulmonlarning an'anaviy madaniyatining hududda yoyilishi natijasida daraxtlarni ilohiylashtirish madaniyati o’z kuchini yo’qotdi. Asosan, muqaddas daraxtlar faqat din peshvolari, kohinlarning bir yoki boshqa nomi va uning mozori bilan bog'liq holda hurmatlana boshlanilgan. Ba'zan siz daraxtlarga sig'inish bilan bog'liq marosimlarni uchratishingiz mumkin (masalan, Chilla-Tut bu yerda Xonqa yaqinidagi Sara-Poyop qishlog'ida, daraxtning o'zi muqaddas kuch bilan ta'minlangan va har tomonlama sehrli marosimlar bilan o'ralgan). Bu yerda hattoki ibodat ob'ekti sifatida o'simliklarning ayrim turlariga inson qiyofasini berilgan qadimiy an'analar namunalari ham saqlanib qolgan. Chinor daraxti Sharq va O'rta yer dengizi mamlakatlarida ibodat ob'ekti sifatida keng tanilgan. Sulton Bobo ziyoratgoh majmuasi haqidagi eng to'liq va ishonchli ma’lumotlarni taniqli sovet etnologi Gleb Pavlovich Snesarov tomonidan shaxsiy kuzatuvlar va mahalliy aholi bilan suhbatlar orqali ("informatorlar" etnologiyada qabul qilingan atama) 1950-yillarda to'plangan va tahlil qilingan. G.P.ning kitobidan parchalar bilan, Snesarevni " Хорезмские легенды как источник по истории религиозных культов Средней Азии " kitobida topish mumkin. SSSR Fanlar akademiyasi, Etnografiya instituti. N.N. Mikluxo-Maklay. "Наука" nashriyoti 1983-yil, 80-100 betlar,

USLUBIY TAVSIYALAR:

1. Majmuaga tashrif buyurish uchun sayyohlarga sport yoki trekking poyafzallari va bosh kiyimlarini kiyishlarini tavsiya eting.

2. Mahalliy urf-odatlarga hurmat ko'rsatilishi kerak (ayniqsa, ayollar ochiq kiyinmasliklari lozim).

3. Majmua hududida tushlik yoki yurishdan keyin dam olishni tashkil qilishga ixtisoslashtirilgan ovqatlanish binolari mavjud.

4. Sayyohlarni mahalliy ziyoratchilar chet ellik mehmonlar bilan muloqot qilishda juda ochiq(kirishimli, samimiy) ekanliklari haqida ogohlantiring, ba'zida mahalliy aholi ularni birgalikda suratga olishga taklif qilishi ham mumkin.

5. Agar guruh tayyor bo'lmasa yoki mahalliy aholi bilan suratga tushishni istamasa, buni nahalliy aholiga oldindan diplotaik yo’l bilan yetkazish kerak.

6. Sayyohlarga hojatxona va tahoratxonalarni oldindan ko’rsatish lozim.

7. Majmuani ko'rsatayotganda va bu haqdagi ma'lumotlarni yetqazishda gid 30-40 minut vaqt ajratishi lozim, shu jumladan qal'a devorlari chekkalarida piyoda sayohatni tashkil etish ham shu vaqt ichida bo’lishi kerak.

8. Majmuaga piyoda yurib boorish vaqti 10 minut.

9. Sayyohlarga mustaqil aylanishlari va tasvirga olishlari uchun kamida 10-15 daqiqa ajratish lozim.

Matn hamda taqdim etilgan fotosuratlar muallifi: Dospanov O.T., arxeolog, etnograf, tarix fanlari nomzodi, gid.

Tarjimon: To’rayev S.A., - ikkinchi darajali gid.

Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti

👉 Join it: https://t.me/guide_portfolio

Report Page