"SUD VA YOSHLAR" uchrashuvi
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Peshko' tuman Kengashi Muxlisa SafarovaMamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari jarayonida yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish, yosh avlod vakillarini qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, turli zararli illat va yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyati, bilimlari va masʼuliyatini oshirish hamda tumanimizda istiqomat qilayotgan yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida joriy yilning 3-dekabr kuni Peshko' tuman sudida ,,Sud va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ushbu uchrashuvda Jinoyat ishlari boʻyicha Peshko' tuman sudi raisi F.Ikromov hamda tuman advakati J.Murodovlar tomonidan yoshlarga tizimda amalga oshirilayotgan ishlar borasida shuningdek, qoralovchi va oqlovchining beayov “kurashi” hayotda oq va qora ranglarni yanada teranroq anglash, yoshlar bu tizimda huquqbuzarliklar holatida nimalarga eʼtibor berish lozimligi haqida ham koʻplab maʼlumotlar berib o'tildi.
Shuningdek ,,Sud va yoshlar" uchrashuvida ichki ishlar nazoratda turuvchi va maktabda tahsil oluvchi o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Sud-huquq tizimida o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga sud raisi tomonidan javob berildi va faol ishtirok etgan yoshlarga F.Ikromov tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Peshko' tuman Kengashi matbuot xizmati.
📌 Фаолиятимизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг!
tg: @Peshkuyia