TMC Institutida sport kuni!

TMC Institutida sport kuni!



Oʼzbekistonda keyingi yillarda aholi oʼrtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni keng targʼib qilish borasida koʼp ishlar qilindi.


 Mahallalarda, koʼp qavatli uylar atrofida “Salomatlik yoʼlaklari”, sport maydonchalari qurildi, taʼlim muassasalarida sport toʼgaraklari ochildi, maktab-internatlar ish boshladi. Toʼgʼri ovqatlanish borasida aniq chora-tadbirlar koʼrilmoqda. 


Pirovarida, xalqimizning oʼz salomatligiga boʼlgan qarashlari tubdan oʼzgardi. Bugun oilaviy sport sayriga chiqqan, farzandlarini, nabiralarini yetaklab sport toʼgaraklariga qatnayotgan kishilarni koʼp uchratamiz. Bir soʼz bilan aytganda, sport biz uchun qalb ehtiyoji, ruhiy kayfiyat tantanasiga aylandi.


Shu maʼnoda TMC institutida tashkil etilgan sport musobaqalarida sportning arqon tortishish, tosh koʼtarish, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari boʼyicha sogʼlom bellashuvlar boʼlib oʼtdi. Tadbirda talabalar oʼzlarining kuch va mahoratini, sogʼlom hayot sari boʼlgan intilishlarini sinovdan oʼtkazdilar. 


Sportning turli yoʼnalishlari boʼyicha boʼlib oʼtgan musobaqalarda Iqtisod, Pedagogika va psixologiya, Xalqaro yoʼnalish talabalari hamda professor oʼqituvchilari faol mishtirok etib, qimmatbaho sovgʼalar bilan mukofotlandilar. Bahorning iliq kunlarida boʼlib oʼtgan ushbu musobaqalar koʼpchilik talaba va oʼqituvchilarni mamnun etdi.


Report Page