SO‘ZBOSHI
Jalol BOLTAYEVHurmatli ustozlar va o‘quvchilar, ushbu to‘plam sizga imtihonlarga tizimli, sifatli va puxta tarzda tayyorlanish imkonini beradi.
Nega aynan bu test to‘plami?
Imtihonlarga tayyorlanar ekansiz, mavzulashtirilgan test to‘plamlari sizga juda katta yordam beradi. Agar testlar mohirona tuzilgan, testologik jihatdan sifatli ishlab chiqilgan bo‘lsa, u tengsizdir. Bunday test to‘plami har qanday boshqa materialdan ustun turadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotni shunchaki qayta o‘qib yod olishga urinishdan ko‘ra test orqali faol takrorlash uni xotirada uzoq muddatga saqlanishini ta’minlaydi. Demak, puxta tayyorlangan test topshiriqlari bilan ishlash bilimlarni mustahkamlashning eng samarali usullaridan biridir.
10 yillik tajriba va REKORD natijalar!
Qariyb 10 yillik repetitorlik faoliyatim davomida muallifligimdagi “Kundalik-optimal” turkumidagi test to‘plamlari o‘quvchilarimning Respublika miqyosida REKORD NATIJALAR qayd etishida eng asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Boshqacha aytganda, bu test to‘plamlari ko‘plab shogirdlarimning yutuqlariga bevosita katta hissa qo‘shgan.
“Kundalik-optimal” turkumi xususiyatlari!
10-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligi asosida tuzilgan.
2300 dan ortiq test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi.
• Oddiy savollar jamlanmasi emas, testologiya (baholash nazariyasi) tamoyillariga asoslangan, har bir savol ortida aniq metodik maqsad mujassam bo‘lgan ilmiy-metodik qo‘llanma.
• Barcha mavzular to‘liq qamrab olingan, har bir mavzu uchun sifatli va to‘g‘ri testlar ishlab chiqilgan.
• Hatto “noto‘g‘ri variantlar” ham puxta o‘ylangan, didaktik maqsad bilan tanlangan.
• Har bir topshiriq o‘quvchida zarur bilim, tushuncha yoki ko‘nikmani shakllantiradi va mustahkamlaydi. Ya’ni testlar faqat “sinash” maqsadida emas, “o‘rgatish” maqsadida ishlab chiqilgan.
Tanqidiy va tahliliy fikrlash, tarixiy tafakkurni oshiring!
Bu testlar sizni shunchaki “kim, qachon, qayerda?” savollariga emas, balki nima uchun aynan shunday bo‘lgan degan savolga javob izlashga undaydi. Shuning uchun bu testlar tanqidiy fikrlash, tahliliy yondashuv va tarixiy tafakkurni shakllantiradi. Siz faktlarni quruq yodlab qolmaysiz – ularni anglaysiz, tahlil qilasiz va o‘zingizning tarixiy dunyoqarashingizni yaratib borasiz.
O‘quvchilar va ustozlar fikrlari
Ko‘plab ustoz va o‘quvchilar ta’kidlaydilar:
«Imtihonlarga “Kundalik-optimal” orqali tayyorgarlik ko‘rgan o‘quvchi boshqacha tayyorgarlik ko‘rishni istamay qoladi».
Bu fikr to‘plamlarning naqadar samarali ekanini tasdiqlaydi. Haqiqatan ham bu turkumdagi testlar bilan tayyorlangan o‘quvchi boshqa usullarni sustroq deb his qilishi mumkin.
Xulosa
Agar siz tarix fanini tushunib o‘rganishni, imtihonlarda esa yuqori natija bilan farq qiluvchi o‘quvchi bo‘lishni istasangiz – bu to‘plam siz uchun.
To‘plam bilan tanishib chiqqach, respublikada tarix faniga ixtisoslashgan birinchi repetitor kanali – @TESTLIDER sahifasiga obuna bo‘lib, o‘z fikrlaringizni bildirishni unutmang. Ushbu kanal orqali men o‘qituvchilar, o‘quvchilar va tarix ixlosmandlariga amaliy yordam ko‘rsatish, yangi test topshiriqlari, zarur materiallar hamda tavsiyalarni muntazam ulashish orqali sohaga hissa qo‘shishni maqsad qilganman.
Zero barchamizning maqsadimiz o‘quvchilarning tarix fanidan chuqur bilim olishi va imtihonlarda muvaffaqiyatga erishishidir.
Hurmat bilan
Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor