SOYA

SOYA

t.me/ykfoundation

Ahamiyati. Soya o‘simligi oziq - ovqatda, texnikada, konserva tayyorlashda, sut, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda, yem - xashak sifatida ishlatiladi. Soyaning bunday ishlatilishi donning sifatiga bog‘liq, tarkibida 30-52% oqsil, 17-27% moy bo‘ladi hamda 20% karbon suvlari mavjud. Soyaning oqsili yuqorii sifatli, suvda to‘la eriydi, yaxshi hazm bo‘ladi. Glitsin aminokislotasi ko‘p bo‘lib, bu achit-ishda ishtirok etib, sut - qatiq mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Soya donidan moy, margarin, pishloq, sut, un, qandolat­ mahsuloti, konservalar ishlab chiqiladi. Moyi lak bo‘yog‘ sanoatida, sovun ishlab chiqarishda qo‘llaniladi, yer yuzida ishlab chiqarilayotgan o‘simlik moyining 40% ni soya moyi tashkil qiladi.

Umuman soya quyidagi maqsadlarda ekiladi:

   - insonni ovqatlanishini yaxshilash uchun. Ko‘pchilik davlatlar-da soya oqsilning yagona manbasi bo‘lib qolmoqda;

   - chorvaning maqsuldorligini oshirish. Soya bilan muntazam boqilsa,tez semiradi, sutkalik o‘sishi yuqori bo‘ladi;

   - sanoat mahsulotini ishlab chiqarish – oziq - ovqat va chor-vachilikda qo‘llanmagag soyadan har xil mahsulot ishlab chiqarila-di: qurilish mahsuloti, gazmollar, sun’iy o‘g‘it.

   - O‘zbekistonda soya oziq - ovqatda, chorvani boqishda va go‘sht, sut, moy, qandolat mahsuloti ishlab chiqarilmoqda. Soya­ ni bunday serqirrali ishlatish uning donining tarkibiga bog‘liqdir. Aminokislotlarning tarkibi bo‘yicha go‘sht oqsiliga yaqin.

    - Navlari: Genetik - 1, Do‘stlik, Nafis, Orzu, Oltin toj, Oyjamol, O‘zbek - 2, O‘zbek - 6, Parvoz, Favorit.

O‘tmishdosh. Soya g‘o‘za, sholi bilan almashlab ekiladi. Soya­ ni kungaboqar va akatsiya daraxti yoniga ekmaslik kerak (aks hol-da hasharotlar soya ekinzoriga ko‘chadi). yerni tayyorlashda aso-siy tadbir 22-25 sm chuqurlikda shudgorlash. Begona o‘tlar ko‘p bo‘lsa shudgordan oldin disklanadi yoki chizellanadi. Bahorda borona qilinadi. Ekish muddatigacha zaruriyat bo‘lsa, yoppasiga kultivatsiya qilinadi yoki chizellanadi, g‘ovak tuproqlarda borona bilan mola bostiriladi.

O‘g‘itlash. yer haydashdan oldin chirindisi kam tuproqlarda 10-15 t go‘ng, 100 kg fosfor va kaliy o‘g‘iti solinadi, ekishdan ol-din 20-30 kg azot, ekish bilan bir vaqtda 10-15 kg NPK va o‘suv davrida 1-2 marta oziqlantiriladi, bunda 30-50 kg fosforli o‘g‘it solinadi. Nitragin ishlatilmasa gektariga 100-150 kg azot solinadi. Ammo bu me’yorda azotli o‘g‘it qo‘llamaslikka harakat qilish ke­ rak. Soya asosiy ekin sifatida aprelning oxiri, mayning birinchi o‘n kunligida ekiladi.

Ekish. Takroriy ekin sifatida kuzgi boshoqli ekinlardan bo‘sha-gan yerlarga ekiladi. Ekish usuli keng qatorlab, qator orasi 60 sm, ekish chuqurligi 4-6 sm, ekishdan oldin urug‘ nitragin (rizotrofin) bilan ishlansa erkin azotni o‘zlashtirish jarayoni faol o‘tadi. Ekila­ digan navlariga qarab gektariga 300-550 ming dona urug‘ ekiladi. Kechpishar navlar kam ekiladi, ertapishar navlar ko‘p ekiladi.

  Parvarishlash. O‘suv davrida qator orasiga ishlov beriladi, sug‘oriladi. Sug‘orish soni 3-5 marta, me’yori 600-800 m3. Begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlardan ekishdan ordin treflan (1-1,5 kg/ga), maysalanish davrida bazargan (1,5-3,0 kg/ga) qo‘llaniladi. Shuningdek,­ ruxsat etilgan ishlab chiqarishga kirib kelayotgan xorijiy va davlatimizda ishlab chiqariladigan boshqa gerbitsidlar ham qo‘llanishi mumkin.

  Kasallik va hasharotlarga qarshi ruhsat etilgan kimyoviy moddalar ishlatiladi.

Hosilni yig‘ishtirish. Soyaning hosili don kombaynlari yordamida yig‘iladi. Tomorqa maydonlarida yetishtirilgan soya hosili pishib yetilgan qo‘l mehnati yordamida yig‘ib-yanchib olinadi. Bunda yig‘ilgan donning namligi 14% dan oshmasligi kerak.

  Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 8 kg soya urug‘i uchun 5 ming so‘mdan 40 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 500 ming so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi 4 000 so‘mdan sotilganda (o‘rtacha 10 sotixdan 200 kg hosil olinadi) 800 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan 300 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page