SON TUSHUNCHASINING RIVOJLANISHI...
@math_solver" Sonlar tabiatni miqdor jihatdan boshqaradi deb aytish mumkin".
J. Maksvell

Son-matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, kishilarning amaliy
ehtiyojlaridan kelib chiqqan.Sonlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti tarixi ilk
bosqichlarini quyidagicha bayon etish mumkin:
N a t u r a l s o n - buyum va turli narsalarni sanash ehtiyoji tufayli paydo
bo’lgan.
M u s b a t k a s r s o n — miqdorlarni o’lchash va taqsimlash ehtiyoji
tufayli vujudga kelgan.
M a n f i y s o n l a r - matematikaning o’z ehtiyojlari, ya’ni algebraik
tenglamalarni yechish va nazariy asoslash ehtiyojlari sababli yaratilgan.
N o l s o n i — manfiy sonlarning kiritilishi tufayli paydo bo’lgan.
Bu ro’yxatni davom ettirish mumkin, lekin biz yuqorida tilga olingan
sonlardan so’ng vujudga kelgan irrasional sonlar tarixi xaqida ma’lumotlarni bayon
etishga kirishamiz.
Pifagor maktabida (miloddan avvalgi V asr) rasional sonlar har qanday
kesmalarni aniq o’lchash uchun yetarli emasligi isbotlangan, o’lchovdosh
bo’lmagan kesmalar, mavjudligi isbotlangan. Masalan, yuzi 2 ga teng kvadratning
tomoni uning diagonali bilan o’lchovdosh emasligi Ye v k l i d n i n g «Negizlar»
10-kitobida qarama-qarshisidan faraz qilish yuli bilan isbotlanadi.
Bu kashfiyot Pifagor ta’limotiga zid edi, chunki ularning fikricha har "qanday
miqdorni butun sonlar va ularning nisbatlari orqali ifodalash mumkin. Dastlab, uni
sir saqlashga intildilar.
Pifagorchi Gippas Metapontskiy (molod. avv. V asr) ishini davom ettirib,
shu asr oxirida Teodor Kerenskiy 3, 5, 6, 7, 8, 10, 11, 12, 13, 44, 15, 17 kvadrat
birlik yuzga ega bo’lgan kvadratlarning tomonlari birlik kvadratning tomoni bilan
o’lchovdosh emasligini, ya’ni irrasional ekanligini isbotladi, Teetet esa umumiyrok
masalani, ya’ni ixtiyoriy butun N son (to’liq kvadrat bo’lmagan) uchun N
sonning irrasionalligini asosladi.
Cheksiz ko’p kesma va geometrik miqdorlarni butun va kasr sonlar yordamida
o’lchab bo’lmasligini anglagan pifagorchilar geometriya va algebrani sonlar
haqidagi ta’limot yordamida emas, balki geometriyaning o’zi yordamida
asoslashga urindilar. Shunday qilib, g ye o m ye t r i k a l g ye b r a yaratildi va
rivojlandi, Shu asosda matematiklar butun sonlarni va har qanday miqdorlarni
kesmalar, to’gri to’rtburchaklar va boshqa shakllar yordamida geometrik
ifodalashga kirishdilar.
Arab Sharqi mamlakatlarida VII asrdan boshlab matematika rivojlana bordi.
Bu davrda son tushunchasining rivojlanishida Markaziy Osiyolik olimlardan AlXorazmiy (783-850), Abu Rayhon Beruniy (973-048), Abu Ali ibn Sino (980-
1037), Abu Nasr Forobiy (873-950), Umar Hayyom (1048-1131) va boshqalar
muhim kashfiyotlar qildilar. Jumladan:
1. Oltmishlik sanoq sistemasi takomillashtirildi;
2. Sonlardan kvadrat ildiz chiqarish usullari ishlab chiqildi;
3. O’nli kasrlar kashf etildi;
5. Binom formulasi isbotlandi;
6. Musbat haqiqiy son tushunchasi kengaytirildi.
Al-Xorazmiy o’zining «Hind xisobi haqida» asarida o’nlik sanoq sistemasini
batafsil bayon etgan bo’lsada u faqat 300 yildan so’nggina keng qo’llanila
boshlandi,
Manfiy sonlarni birinchi marta fransuz olimi Nikola Shyuke (1445- 1500)
ning «Son haqidagi fan», (1484, Lionda 1848 yilda chop etilgan) asarida uchratish
mumkin. Lekin bu sonlar haqidagi dastlabki tasavvurlar Hindiston va Xitoy
matematiklari asarlarida mavjud bo’lgan. Masalan, xitoy matematiklari beshta
noma’lumli beshta chiziqli tenglama sistemasini yechishda manfiy sonlardan
oshkor ravishda bo’lmasada foydalanganlar. Hind matematigi B r a x m a g u p t
a (598-660) manfiy sonlarni «qarz» sifatida ifodalaydi. U quyidagi qoidalardan
foydalanadi: «Ikkita qarzning yig’indisi qarz. Yo’q va qarz yig’indisi yana qarz.
Musbat sonni «buyum» deb ataydi, shuning uchun u «buyum» va «qarz»
yigindisini ularning ayirmasiga teng deb ta’riflaydi. Agar ular teng bo’lsa, ayirma
nol bo’lishini ko’rsatib o’tadi.
Arab matematiklari manfiy ishorani «dushman», musbat ishorani esa
«do’st» sifatida qarab, har xil ishorali sonlar ko’paytmasining ishorasi haqida
xayotiy «qoidalar»ni talqin etganlar.
Irrasional sonlar sohasida eron, matematigi A l- K a r x i y (1016 yilda vafot
etgan) «Al-faxriy» kitobida kvadrat va kub ildizlardan iborat ko’phadlar
qiymatlarini topadi, murakkab bo’lmagan kub ildizlar ustida shakl
almashtirishlarni amalga oshiradi, masalan,

ko’rinishdagi ifodalarni qaraydi.
«Rasional» atamasi lotinchadan «ratio» nisbat so’zidan kelib chiqqan bo’lsa,
«irrasional» tushunchasi rasional bo’lmagan ma’noda ishlatilgan. Dastlab bu
atamalar o’lchovli va o’lchovdosh bo’lmagan miqdorlarga nisbatan qo’llanilgan. V
va VI asrlarda Rimlik matematiklar Marsian, Kapella va Kassiodor bu atamalarni
lotinchaga «rasional» va «irrasional» deb tarjima qilganlar.
Yevklid «Negizlar» asarida irrasional sonlarni geometrik nuqtai nazardan
bayon etadi, ammo eramizning boshiga kelib Yunonistondagi geometrik algebraga
qarama-qarshi o’laroq Sharq mamlakatlarida geometriyagina emas, balki
arifmetikaga asoslangan algebra ham rivojlana bordi, tekis va sferik
trigonometriya, astronomiya uchun zarur xisoblash usullari takomillashdi.
Hindiston, O’rta va Yaqin Sharq matematiklari algebra, trigonometriya va
astronomiyani rivojlantira borib, irrasional sonlarsiz ish tuta olmas edilar, lekin
shunday bo’lsada, ular bu sonlarni ko’p vaqt tan olmay yurdilar. Yunonlar irrasional miqdorni «alogos»- so’zlar bilan ifodalanmaydigan deb, arablar esa
«asamm»- gung deb atar edilar.
XVI asrda italyan matematigi R a f a e l B o m b ye l l i(1526-1572) va
golland matematigi S i m o n S t ye v i n (1548-1620) ham irrasional soni rasional
songa qaraganda kuchli son deb qaragan edilar.
Ulargacha ko’pgina Yaqin va Uzoq Sharq matematiklari ham irrasional
sonlarni algebrada keng qo’llaganlar. Masalan, Umar Hayyom «Yevklidning qiyin
postulatlariga sharhlar» nomli asarida o’sha davr matematikasining rivojlanayotgan
nazariyalari va ularning turlicha tatbiq etilishi asosida bo’linadigan birlikni va
umumlashgan son tushunchasini kiritdi, ularni son deb atadi. Bu umumlashgan son
tushunchasi ham rasional son, ham irrasional sonin o’z ichiga oladi.
Shunday qilib, Umar Hayyom qadimgi matematiklarning son xaqidagi
tushunchasiga yangilik kiritdi, miqdorlar nisbatini son deb ta’rifladi. Bu nisbat
eski ma’noda- butun son, yangi son,edi. Hayyom irrasional miqdor bilan son
orasidagi farq yo’qligini ko’rsatib, son tushunchasini musbat haqiqiy son
tushunchasigacha kengaytirdi.
By soha buyicha ozarbayjonlik matematik Nasriddin Tusiy (at-Tusiy, 1201-
1274) ham katta ishlarni amalga oshirdi. U «To’liq to’rttomonlik haqida risola» va
«Yevklidning bayoni» asarlarida nisbatlar nazariyasi va son xaqidagi ta’limotni
yanada rivojlantirdi.
Jumladan, Sharqda va keyinchalik O’rta asr Yevropasida shuhrat qozongan
«Yevklidning bayoni» («Tahriri Uklidis») asari ikki xil variantda bizgacha yetib
kelgan: birinchisi, qisqa bayoni va ikkinchisi 10 ta kitobdan iborat mufassal bayoni
1594 yilda Rimda chop etilgan. Bu asarida olim kvadrat irrasionalliklar ustida fikr
yuritadi, shuningdek, rasional miqdorga quyidagicha ta’rif beradi: «Berilgan
miqdorga nisbatda turgan xar qanday miqdor rasional deyiladi, bunda son songa
nisbatda bo’ladi». Aks holda u irrasional miqdor deb tushuntiradi, Irrasional
miqdor biror miqdorga nisbatan, agar bu miqdor irrasional bo’lsa, sonning songa
nisbati kabi munosabatda bo’ladi. Masalan,

O’rta va Uzoq Sharq matematik va astronomlari oltmishlik kasrlardan
oydalanganlar. Bu sohada buyuk o’zbek matematigi va astronomi U l u g’ b ye k
1394-1449) ilmiy maktabining yirik olimlaridan biri G’iyosiddin Jamshid al
Koshiy (1385-1430) ish olib borib, «Arifmetika kaliti» (1427) asarining uch
ismida son ta’limotini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. Unda olim butun sonlar
rifmetikasi, butun sonlardan ildiz chiqarish umumiy qoidalarini bayon etdi.
huningdek, binomni butun musbat darajaga ko’tarishni ham birinchi bo’lib
Koshiy keltirib chiqardi.
Mazkur asarda turli kasrlar: suratlari birdan iborat bo’lgan misr kasrlari,
maxrajlari 60 ga teng bo’lgan bobil kasrlari, surat va maxrajlari turli sonlardan
borat oddiy kasrlar, ularning, yozilish usullari, ular ustida amallarni bajarish va
oshqa turli kasrlar bayon qilingan. Bulardan tashqari, olim maxrajlari 10, 100,
000 va h. k. bo’lgan kasrlarni, ya’ni o’nli kasrlarni qaradi, ularga ta’rif berdi,
o’ndan bir», «yuzdan bir», «mingdan bir» va h. k. atamalarni kiritdi. O’nli kasrlarni yozishda butun qismidan so’ng tik chiziq chizib, so’ng kasr, qismini
yozdi yoki butun qismini bir xil siyoh bilan, kasr qismini esa boshqa rangli siyoh
bilan yozdi. Al-Koshiy o’nli kasrlar ustida amallar bajarish qoidalarini ifodaladi va
ko’p misollarda tushuntirib berdi. Shunday qilib, vatandoshimiz Samarqandlik
olim al-Koshiy o’nli kasrlar nazariyasini asoslagan birinchi olimdir.
Yevropada o’nli kasrlar haqida Koshiy zamonidan: bir yarim asr o’tgandan
keyin golland matematigi Simon Stevin 1585 yilda asar yozdi. U 1594 yilda
yozgan yana bir «Algebraga ilovalar» asarida oldingi-«o’nlik» asaridagi g’oyalarni
rivojlantirib, o’nlik kasrlarni xaqiqiy songa cheksiz yaqinlashtirish uchun ham
ishlatish mumkinligini ko’rsatdi. Shunday qilib, XVI asrda irrasional son
tushunchasini kiritish va asoslash formal usulda bo’lib, o’nli kasrlarni, hisoblash
g’oyasi yaratildi.