SOHIBQIRON AMIR TEMUR

SOHIBQIRON AMIR TEMUR

Ilhom Babajanov

Amir Temur (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh shahri yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻida tug'ilgan — 1405-yil 18-fevral Oʻtror shahrida vafot etgan) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.

Quyida Amir Temur haqida bir qancha malumotlarni taqdim etamiz.

Amir Temur “Tarjimai hol”ida aytishicha, hayoti mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qilib, ularga doimo amal qilgan: Olloh, tafakkur, qilich, imon va kitobdir. Shuningdek, u davlat boshqaruvida “Kuch – adolatdadir” degan shiorga amalga qilgan. 


Amir Temur Xitoyga yurish qilishga tayyorgarlikni 1398-yildayoq boshlagan. Turk sultoni Boyazid Yildirim bilan bo‘lgan urush Xitoy yurishini orqaga surgan edi. 


O‘zbekistonda Amir Temurning uchta haykali mavjud. Toshkentdagi sohibqiron haykali 1994-yil 31-avgust, mustaqillik kuni arafasida o‘rnatilgan bo‘lib, u taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov tomonidan yasalgan. Temur haykalidan unchalik uzoq bo‘lmagan hududda 1996-yil, Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyi qad rostladi. Bugungi kunga kelib ushbu muzeyda Temuriylar tarixiga oid 3,5 mingdan ziyod eksponatlar saqlanadi.  Samarqandagi Amir Temur haykali 1996-yilda o‘rnatilgan. Shahrisabzdagi Amir temur haykali shu yilda qadr rostlagan. Haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar. 


Amir Temur qo‘shinlarining soni 200 minggacha yetgan. Qo‘shin o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanlarga bo‘lingan.


Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi: birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish bo‘lsa, ikkinchi davri (1386-1405) ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan xarakterlanadi. 


Turg‘un Fayziyevning “Temuriy malikalar” asarida yozilishicha, Amir Temur suyukli rafiqasi Saroy Mulk xonimdan farzand ko‘rmagan. Ammo sohibqiron o‘z o‘g‘li Shohruh Mirzoni, suyukli nabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo va boshqa mirzolarni bevosita zukko Saroy Mulk xonim tarbiyasiga topshirgan edi. 


1405-yil 8-fevralda sohibqiron Amir Temur O‘trorda vafot qilgach, Samarqand taxtiga uning nabirasi Xalil Sulton Mirzo (1384-1411) o‘tirdi. Ibn Arabshohning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Xalil Sulton Mirzoning xotini Shod Mulk begim 1408-yilda Saroy Mulk xonimni zaharlab o‘ldirgan. 


Amir Temurning 1395-yilda To‘xtamishxon ustidan qozongan g‘alabasi ruslarning mug‘ullar zulmidan ozod bo‘lishini 200 yilga tezlashtirgan.


Urganch davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Ilhom Babajanov

Report Page