SOG‘LOM AYOL – SOG‘LOM JAMIYAT

SOG‘LOM AYOL – SOG‘LOM JAMIYAT

   

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Xiva tuman bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099- son Farmoni, 2022- yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash xamda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Xiva tumandagi maktablarda mexnat kilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida ayollar spartakiadasi o‘tkazildi.

“Kasaba uyushmalari sog‘lom turmush tarafdori” shiori ostida o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi sport musobaqasi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatligini tiklashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Sport musobaqasida 210 nafar xotin-qizlar qatnashishdi.  

 G‘oliblar tuman bo‘linmasining qimmatbaho sovg‘a va diplomlari bilan taqdirlandilar.



Report Page