“SOGʻLOM TANDA – SIFATLI TA’LIM” 

“SOGʻLOM TANDA – SIFATLI TA’LIM” 


“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida, umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlari o‘rtasida, “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbeksiton kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Sport boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa ochilishida O‘zbeksiton kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Akbar Abdusaidov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev, viloyat Maktabgacha va maktab talimi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Musobaqa ishtirokchilari sportning voleybol, mini futbol, shaxmat, shashka va stol tennisi kabi turlari bo‘yicha o‘zaro bahslarda bellashdilar.

Natijalarga ko‘ra birinchi o‘rin Ishtixon tumani jamoasi, ikkinchi o‘rin Paxtachi tumani jamoasi, uchinchi o‘rin Jomboy tumani jamoalariga nasib etdi.

Faxrli birinchi o‘rinni olgan Ishtixon tumani jamoasiga 30 million so‘mlik pul mukofoti sertifikati topshirildi.

Sport tadbirlarining viloyat bosqichi g‘olib va faol ishtirokchilari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



Report Page