SMTP, POP3 va IMAP nima?

SMTP, POP3 va IMAP nima?

www.dasturim.uz

SMTP, POP3 va IMAP lar TCP/IP protokollori hisoblanib, email tashish uchun ishlatiladi. Agar email server(hMailServer ga o'xshash)ini sozlamoqchi bo'lsangiz, ularni nima uchun foydalanilishini bilishingiz shart. Har bir protokol kompyuterlari o'rtasidagi maxsus aloqa qoidalari(communication rules) majmui hisoblanadi.


SMTP(Simple Mail Transfer Protocol-oddiy emailni uzatish protokoli) - "email client"(misol uchun Outlook Express) dan email serverga yoki boshqa email server dan boshqa email serverga email junatiladiganda ishlatiladi.

SMTP 25 portidan foydalanadi. Undan tashqari 587 va 465 portlarini ham ishlatishi mumkin. 


POP3 (Post Office Protocol version 3) email serverdan email client("mijoz")ga emaillarni qabul qilishda yoki yuklab olishda foydalaniladi. POP3 sodda va ko'p imkoniyatlarga ega emas, yuklab olish(ya'ni "download")dan tashqari. U quyidagicha ishlaydi: email client hamma yaroqli(available) emaillarni serverdan yuklab oladi, ularni serverdan o'chirib tashlaydi va bog'lanish tugatiladi. 

POP3 odatda 110 portini ishlatadi. Ammo xavfsiz(securily, ya'ni SSL/TLS bog'lanish uchun) holda ishlatmoqchi bo'lsangiz 995 porti bilan ham ishlaydi.


IMAP (Internet Message Access Protocol) - bunda ham email client serverdan emaillarni yulab olish uchun ishlatadi. Biroq, IMAP ko'pgina imkoniyatlari bor POP3 ga qaraganda. IMAP protokol foydalanuchilarni emaillari serverda saqlanishini ta'minlaydi. IMAP ko'p joy egallaydi diskdan(xotiradan) va CPU dan ham ko'proq resurs ishlatadi(hamma emaillarni serverda turganiga), POP3 ga qaraganda. 

IMAP odatda 143 portni ishlatadi. Xavfsiz hol uchun 993 portini holda 

ishlaydi

______ 

Yuqoridagi protokollar quyidagi ketma-ketlikda ishlaydi

Faraz qilaylik siz hMailServer ni email server sifatida ishlatasiz, test@microsoft.com ga email junatyapsiz. 

1) Email client (misol uchun Outlook Express)da Junatish tugmasini bosdingiz.

2) Outlook Express SMTP protokoli orqali hMailServerga junatadi

3) hMailServer emailingizni Microsoftni mail serveriga yuboradi, mail@microsoft.com, SMTP dan foydalanib.

4) Yuqoridagi test ning mail client(misol uchun mozilladagi)i emailni mail.microsoft.com dan POP3 (yoki IMAP) orqali yuklab oladi.

@informatika

Report Page