SMM haqida umumiy ma’lumot

SMM haqida umumiy ma’lumot

Progress Academy
Progress Academy

SMM atamasi Social Media Marketing so’zlarining bosh harfidan tashkil topgan. Bu soha ijtimoiy tarmoqlarda marketing bilan shug’ullanishni anglatadi. Facebook, Instagram, Telegram va boshqa har qanday ijtimoiy tarmoqda sayt, mahsulot yoki xizmatni ommalashtirishga qaratilgan harakatlar SMMga misol bo’lishi mumkin.

Har bir saytning ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi bo’lishi shart. Bu sahifa, guruh yoki kanal orqali foydalanuvchilar sayt (tashkilot, kompaniya) bilan jonli muloqotga kirishadi. Kompaniyaga har qancha yaxshi mahsulot tayyorlamasin, sayt har qancha yaxshi xizmatlarni taklif qila olmasin, agar odamlar bilan jonli shaxsiy muloqotga kirisha olmasa, har doim iste’molchilar va kompaniya o’rtasida bo’shliq bo’laveradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish imkoniyati bilan odamlar kompaniyaga yaqinlashishadi: savol so’rashadi, javob olishadi, taklif yoki shikoyatlarini bildirishadi. Bu esa, o’z navbatida, iste’molchilar va kompaniyalar o’rtasidagi munosabatni iliqlashtirishdan tashqari kompaniya saytining qidiruvda yuqoriroq o’rin egallashiga zamin yaratadi.


SMM bilan qanday shug’ullanish mumkin?

SMM bilan ikki xil usulda shug’ullanish mumkin:

1. Faol tarzda

2. Sust holatda.

Agar SMM bilan faol shug’ullanishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlarning maxsus SMM uchun mo’ljallangan xizmatlarini harid qilishingiz kerak bo’ladi. Bu xizmatlarga o’ziga xos postlar, foydalanuvchi qiziqishlaridan kelib chiqib ko’rsatiladigan reklamalar, tarmoq qidiruvidagi natijalarda tavsiya sifatida ko’rsatilishi va boshqalar kiradi.

Xullas, faol SMM chiqimni talab qiladi va ko’proq foydalanuvchiga yetib borish uchun kuchli vositalardan foydalaniladi. Sust holatda SMM bilan shug’ullanishga esa tabiiy tarzda postlar, statuslar, xabarlar yozish orqali foydalanuvchilarga yetib borish misol bo’lishi mumkin. Agar ijtimoiy tarmoq platformasiga pul to’lamasangiz, shunchaki o’zingiz guruh, sahifa yoki kanal ochib uni yuritish orqali foydalanuvchi yig’sangiz, Siz sust holda SMM bilan shug’ullanayotgan bo’lasiz. Albatta, har ikki holatda ham SMM bilan shug’ullanish sayt reytingi uchun yaxshi foyda keltiradi.

Hozirgi vaqtda barcha turdagi bizneslar SMMga juda muxtoj. Ayniqsa, yangi ochilgan va imkon qadar tezroq foydalanuvchilarga tanilishni istovchi bizneslar ko’tarib berilishi uchun pul to’lashga doim tayyor bo’lishadi.


Qancha pul ishlab topsa bo'ladi?

Boshlang'ich bilimlarga ega bo'lgan SMM mutaxassislari biror korhona yoki xizmat ko'rsatish markazini ijtimoiy tarmoqlarda yuritib bergani uchun o'rtacha 2 000 000 so'mdan boshlab maosh olyapti. Bu hali boshlanishi. Agarda Siz SMM bilimlarini o'rganib, 2-3 ta mijozlar uchun SMM xizmatini ko'rsatib bersangiz 300-750$ atrofida pul ishlab topsangiz bo'ladi.

SMM kursi qayerda o'rgatiladi?
"Progress" zamonaviy kasblab akademiyasida SMM kurslari tashkil etilgan.
Quyidagi kurs haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Maqolani shu qismigacha o'qiganlarga AJOYIB SOVG'A
smm01 promokodi orqali Siz kursimizga Chegirma bilan qatnashishingiz mumkin
Barcha ma'lumotlar quyidagi linkda:

http://progres.uz/p/1dc513/

Report Page