SMM menejer

SMM menejer

Progressiv Islohotlar Markazi

Tashkilot: Progressiv islohotlar markazi (PIM)

Manzil: Toshkent, O‘zbekiston

Ish tartibi: To‘liq ish kuni

PIM - O‘zbekistondagi mustaqil aql markazi hisoblanib, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, fuqarolik jamiyati sohalarida dalillarga asoslangan islohotlarni ishlab chiqish va ilgari surishga ixtisoslashgan. Markaz ekspertlar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarni birlashtirib, analitik tadqiqotlar olib boradi, siyosiy tavsiyalar (policy recommendations) ishlab chiqaradi va davlat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda donorlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshiradi. Markaz shaffoflik, inklyuzivlik va islohotlar samaradorligini oshirishga hissa qo‘shadi hamda kommunikatsiya va ma’rifiy tashabbuslar orqali jamoatchilik muloqotini rivojlantiradi.

Batafsil ma’lumot: www.proreforms.uz

 

1. Asosiy vazifalar

1.1. Raqamli kommunikatsiyalar

  • SMM strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish (Telegram, Instagram, LinkedIn, YouTube va boshqalar);
  • Kontent reja tuzish va yuritish;
  • Kontent tayyorlash (matnlar, vizual, storis-meyking);
  • Quyidagi mahsulotlarni yoritish:
  • analitik hisobotlar;
  • siyosiy briflar;
  • tadbirlar va loyihalar;
  • Auditoriya bilan ishlash (community management);

1.2. OAV bilan ishlash

  • PR strategiya va media reja ishlab chiqish;
  • Milliy OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Tadbirlarni media jihatdan yoritib borish;
  • Ekspertlarni TV, radio va podkastlarga jalb qilish;
  • Media muhitini va reputatsiyani monitoring qilish;

1.3. Jamoatchilik bilan ishlash

  • Islohotlarga qiziqishni oshirish bo‘yicha media kampaniyalar;
  • Murakkab mavzularni oddiy va tushunarli shaklda storytelling qilish;
  • NNTlar, yoshlar jamoalari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik;

2. Kutilgan natijalar (KPI)

  • Auditoriya va faollik o‘sishi;
  • OAVda CPR haqida chiqishlar ko‘payishi;
  • Media materiallar soni oshishi;
  • Brend tanilishi kuchayishi;
  • Samarali PR kampaniyalar;
  • Tadbirlarda ishtirokchilar sonining oshishi;

3. Nomzodga talablar

  • Oliy ma’lumot (PR, jurnalistika, marketing, biznes, xalqaro munosabatlar);
  • SMM/PR sohalarida 2–4 yillik tajriba;
  • Xalqaro tashkilotlar bilan ish tajribasi ustunlik beradi;

Ko‘nikmalar:

  • Til ko’nikmalari (o‘zbek va ingliz tillarida);
  • Digital analitika tushunchasi;
  • Canva, Figma va boshqa platformalardan dizayn ko’nikmalari;

4. Shaxsiy sifatlar

  • Proaktivlik;
  • Mas’uliyatlilik;
  • Dinamik muhitda ishlay olish qobiliyati;
  • Kreativ va strategik fikrlash;

5. CPR takliflari

  • Yetakchi analitik markazda ishlash;
  • Xalqaro loyihalarda tajriba;
  • Raqobatbardosh maosh va bonuslar;
  • Do‘stona muhit;
  • Xizmat safarlari;

Ariza topshirish uchun CV/rezumeni quyidagi pochta manziliga yuboring: info@proreforms.uz

yoki biz bilan quyidagi raqam orqali bog’laning: +998 71 203 32 88

Report Page