SLIZERIN Academy
ᴋɪʀᴀ ʙᴀsᴋᴇʀᴠɪʟʟᴇ 🕸Ep_2
Suga:Kira seni peshonangda chandig' bor emasmidi
Kira:Ha bor edi , 5 yoshimdan keyin u chandig' o'zidan-o'zi g'oyib bo'lgan
Suga:Ha , tushunarli
Fetel:Suga sen Koreyalikmisan
Suga:Ha yoki yo'q , bilmadim , men aslida Buyuk Britaniyada tug'ilganman ammo , otamni o'limidan keyin , oyim meni Koreyaga olib ketgan , chunki oyim Koreyalik edi shuning uchun ismimni Min Yoongi. Keyin onam ham o'ldi va bobom meni yana Buyuk Britaniyaga olib keldi va men o'zimni hammaga Suga deb tanishtirishimni aytdi
Fetel:Ha , men esa Koreyalikman , lekin Buyuk Britaniyada yashayman , va ismim ham ...
Suga:Ha , isming Fetel , tushundim - dedi u kulib
Kira:Mening oyim ham Koreyalik... edi
Fetel Kirani oldiga o'tirdi
Fetel:Kira bo'ldi hafa bo'lma
Kira:Yo'q hafa emasman
Fetel:Unda yaxshi - dedi u tabassum qilib
Suga:Balki biron nima olarmiz bolalar , och emasmisiz
Kira:Yaxshi bo'lardi
Fetel:O'zim ham shuni o'ylab turgandim
Ular yo'lda gaplashib ketishdi va yaqin do'stlarga aylanish
Oradan tahmiman 2 soat vaqt o'tdi va barcha o'quvchilarga SLIZERIN Academiyasiga yetib borishlariga oz vaqt qolganini e'lon qilishdi
Kira:Biz Academiyani formasini kiyishimiz kerakmi ?
Suga:Ha , poyezdni oxirida qizlarning kiyinish xonasi bor
Kira:Rahmat , men unda hozir kelaman
Kira o'sha xonaga bordi va formasini kiyib yana bolalarni oldiga qaytdi , bu paytda bolalar ham allaqachon formalarini kiyib kelishgandi. Oradan yana biroz vaqt o'tdi va mikrafonlar orqali kimningdir ovozi eshitildi
#:Salom bolalar biz SLIZERIN Academiyasiga yetib keldik , hozir janob Noah sizni Academiyaga olib kiradi va yotoq xonalaringizni ko'rsatadi. Yuklaringizni va narsalaringizni o'zimiz xonangizga olib boramiz. Birma-bir poyezdan tushishingiz mumkin
Ular poyezdan tushishdi , ularni Janob Noah kutib turgandi , va hamma poyezdan tushgandan so'ng gap boshladi
Noah:Bolalar salom , eshitganingizday men Noah sinflaringizni rahbariman , men hozir sizlarga yotoqxonalaringizni ko'rsataman , qani hamma ortimdan yursin
Ular aytilganidek Noahni ortidan yurishdi va Academiyaga kirishdi. Bolalar Academiyaga kirib kelishar ekan ular hayrat bilan hamma joyni tomosha qilishardi. Ular 3 qavatga chiqishdi va yotoq xonalar oldida to'xtashdi
Noah:Ho'sh , men ismlarni o'qiyman va sizlar o'sha xonalarga kirasiz
Noah:Artur , Fillip va William Stephenlar 1 chi xona
Ular o'zlarini ismini eshitishi bilan xonalarga kirishdi. Fetel , Kira va Suga bitta xonaga tushishlariga gumon qilib havotirlanishdi
Noah:Suga Louis , Kira , Fetel Baskerville 4 chi xona
Bolalar bu gapni eshitib hursand bo'lishdi va xonalarga kirishdi
Hamma bolalar birin-ketin xonalarga kirishdi va joylashishdi.
Kira:Men bunga gumon qilgandim , bitta xonaga tushishimizga
Suga:Men ham
Fetel:Lekin bu o'xshadi
Kira:Ha to'g'ri , aytgancha Suga seni isming...
Suga:Bobom Daniel Louis , mening ismim Min Yoongi ammo bobom ismimni o'zgartirgan 1 yoshimda Buyuk Britaniyaga olib kelganda
Kira:Tushunarli , Daniel Louis qayerdadr eshitganman shu ismni
Suga:Bobongni do'sti , axir aytgandimku bobom va sening bobong do'st ekan deb
Kira:Ha to'g'ri , aytganding
Kech ham tushdi , ungacha bolalar xonalarida edilar. Shu paytda xonaga bir o'qituvchi kirib keldi. Bu Noah edi
Noah:Bolalar kechki ovqatlanish uchun katta zalga tushamiz tayyorlaning va bugun ziyofat bo'ladi chunki bugun yangi o'quv yili boshlandi
Ular katta zalga tushishdi.U yerda o'zlari uchun mo'ljallangan stolga borib o'tirishdi va birozdan keyin Academiya direktori Edward Bertie nutq so'zladi. Ziyofatdan keyin hamma yana yotoq xonaga qaytshdi.
Kira:Men charchadim , hayrli tun bolalar
Suga va Fetel:Senga ham
Ular uxlashga yotishdi va hech qancha vaqt o'tmasdan uxlab qolishdi.
Tong otdi , hamma nonushta uchun katta zalga yig'ilgandi. Hamma nonushta qildi va darslarga tayyorlanish uchun xonalariga qaytishdi. Bugun boshlang'ich sinflar uchun birinchi dars , shuningdek Kira va uning do'stlari uchun ham
Ularda 1 chi dars boshlandi bu fan o'qituvchisi Noah yani sinflarining rahbari.
Noah:Salom bolalar , men sizlarga sehrli tayoqchani ishlatishni o'rgataman , ho'sh so'rovnoma qilib olsak
Noah:Artur Stephen
Artur:Men
Noah:Suga Louis
Suga:Men
Noah:Fetel Baskerville
Fetel:Men
Noah:David Adamson
David:Men
Noah:Kira Bas...kkee
Kira:Kira Baskerville
Noah unga tikilib qoldi va ko'zidan o'zi bilmagan holda yosh chiqdi , buni o'zi sezdi va tezda dars xonasidan chiqib ketdi
Kira:Unga nima bo'ldi
Fetel:Bilmadim
Suga:Balki u seni tanishingdir
Kira:Yo'q men uni tanimayman
Suga:Unda bilmadim
Fetel:Endi dars o'tmaymizmi ?
Kira:Bilmadim balki... - u gapini tugatmasdan uni bitta bola chaqirdi
David:Kira!
Kira u tomonga qaradi
Kira:Ha , nima kerak
David:Demak sen Kira Baskerville san ?
Kira:Ha , muammo bormi ?
David uni oldiga kelib:Yo'q , hech qanday muammo yo'q - dedi unga tikilib qarab turarkan
Kira:Unda nega menga tikilib turibsan
David:O'zim shunchaki , seni qayerdadr ko'rganman menimcha
Kira:Balki , endi menga tikilishni bas qilarsan
David:Ha , albatta - dedi va yana borib o'zini joyiga o'tirdi
POV David
U menga tanish ko'rinyapti , kim ekan-a ?
----------------------------
Bu darsda bolalar o'qituvchisiz o'tqazishdi va 2 chi darsga kirishdi. Bu darsni Janob Anderson o'tdi , u ham Kirani borligini bilib biroz hayron bo'ldi lekin darsini davom ettirdi. Vanihoyat barcha darslar ham tugadi , barcha o'qituvchilar huddi Janob Andersondek hayron bo'lishdi. Bolalar darsdan keyin tushlik uchun katta zalga borishdi. U yerda ham David kelib Kirani oldiga o'tirib oldi
David:Kira seni akang yo'qmi
Kira:Yo'q
David:Mayli
Kira:Yaxshi , endi esa boshqa joyga o'tir bu yer band
David:Yaxshi
David o'rnidan turib boshqa joyga o'tirdi , uning o'rniga esa o'sha joyga Suga o'tirdi va uning oldiga esa Fetel
Ular tushlikdan so'ng Academiya bog'iga chiqishdi , u yerda o'simliklar to'g'risida dars bo'lardi. Dars boshlandi , bu darsdan Janob Fletcher tahsil berardi , u hech qachon so'rovnoma qilmasdi , u bolalarni ismini dars vaqtida so'rab bilib olardi
Fletcher:Ho'sh bolalar darsni boshlaymiz
U bolalarga bir qancha gullarni ko'rsatib , bu gullarning nomlari va bu gullar haqida ma'lumotlarni aytib berdi. Dars ham nihoyasiga yetdi. Ular barcha darslardan keyin kechki taom uchun katta zalga ketishyotgandi , Kirani oldiga yana David kelib unga savol berdi
David:Anniq akang yo'qmi , iltimos eslab ko'r
Kira:Yo'q dedimku senga!!!
David:Mayli , lekin yana eslab ko'r - dedida u ulardan birinchi katta zalga kirib ketdi
Kira:Nega u mendan buni so'rayapti , qancha yo'q dedimku
Suga:Bilmadim , balki unga qiziqdr
Fetel:Nega
Suga:Men qayerdan bilaman
Fetel:Bilardim bilmasligingni
Suga:O'zing ham bilmaysanku
Fetel:Ha , to'g'ri 😅
Ular katta zalga kirishdi , va kechki taomdan keyin yotoqxonalariga qaytishdi.
Kira:Darslarni tayyorlaymizmi
Suga:Ha
Fetel:Mayli
Ular darslarini barchasini birgalikda qilishdi va uxlash uchun yotishdi. Suga va Fetel tez uxlab qoldi , ammo Kira Davidni akang bormi degan gapini o'ylab uxlolmadi , ammo u ham biroz vaqt o'tib uxlab qoldi.
Yarim tun edi Kira kimdr uni uyg'otish uchun uni qo'lidan tortayotganini sezdi so'ng sekin ko'zlarini ochdi va qarshisida turgan odamni ko'rib hayron bo'ldi...
Davomi bor...
Ho'sh uni qarshisida turgan odam kim deb o'ylaysiz ?
KEYINGI QISMDAN PARCHALAR
David:Buni ta'tilda bobongdan so'rab ko'r
Kira:Nega seni aytganingni qilishim kerak?
------------------------------------
Suga va Fetel gaplashib o'tirishgandi , shunda ularning oldiga Kira g'amgin axvolda kirib keldi...
------------------------------------
[Direktor]Edward Bertie:Hozircha hech kim Academiya bog'iga chiqmasin
------------------------------------
Kira:Janob Noah biz gaplashib olishimiz kerak
Noah:Men bandman
#кира_баскервиль