SKIERKA — POLSHA SELEKSIONERLARIDAN MALINANING YANGI DESERT NAVI

SKIERKA — POLSHA SELEKSIONERLARIDAN MALINANING YANGI DESERT NAVI

https://east-fruit.com

Polshadagi Bog‘dorchilik institutida malinaning bir va ikki yillik poyalarda meva beruvchi Skierka nomli desert navi yaratildi. Yangi nav rezavorning yaxshi ta’m sifati va yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi.

Seleksionerlar uni tijorat plantatsiyalarida ham, uy tomorqalarida ham yetishtirishni tavsiya etishmoqda. Bir yillik poyalarda ilk rezavorlar avgust oyi o‘rtalarida, oxirgilari esa kuzgi sovuqqacha pishib yetiladi. Ikki yillik poyalarda malina terimi iyun oyining ikkinchi yarmida boshlanib, taxminan bir oy davom etadi.

Skierka butasi baland bo‘ylidir va u 2,5 m gacha bo‘lgan o‘rtacha yillik poya hamda o‘rtacha miqdordagi ildizpoyalarni hosil qiladi. Uch qismida antotsian rangga ega bo‘lmagan yosh poyalar joylashgan, uch qismidagi eski poyalar jigarrang-binafsha rangda, o‘rtacha qalinlikda, anchayin moslashuvchan, assimmetrik egiluvchandir. Butalar o‘rtacha ixchamlikda bo‘lib, sovuqqa chidamliligi bilan ajralib turadi.

Rezavorlarning o‘lchami yirik va juda yirik bo‘lib, konus shaklida, yorqin qizil rangda, jozibali ko‘rinishda, zich pulpa va yaxshi ta’m sifatiga ega. Yig‘im-terim hamda transportirovka mahali mexanik shikastlanish va chirishga moyil emas.

Report Page